9.5.
S. SISMONDINING IQTISODIY QARASHLARI
Jan Sharl Leonardi Sismondi
150
(1773–1842) Shveysariyada
tug‘ilgan, fransuz klassik siyosiy iqtisodini
nihoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda
siyosiy iqtisodning asoschilaridan biridir. U
protestant pastor oilasida tug‘ilib voyaga yetdi.
Protestantlar kollegiyasini
bitirib
chiqdi,
Jeneva universitetida o‘qidi. Siyosat bilan
unchalik ko‘p vaqt shug‘ullangani yo‘q,
Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akade-
miyasining a’zosi etib saylandi.
S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida
katta ishlarni amalga oshirib, boy
ilmiy adabiy meros qoldirdi. “Tosqani qishloq xo‘jaligining ko‘rinishi”
(1801), “Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod tamoyillari va ularni savdo
qonunchiligida qullanish to‘g‘risida” (1803), “Italiya respublika-
larining tarixi” (1807), 1818 yilda esa Edinburg ensiklopediyasi uchun
“siyosiy iqtisod” maqolasini tayyorladi. Lekin “Siyosiy iqtisod yangi
ibtidolari yoki boylikning axoli nufusiga munosabatlari to‘g‘risida”
(1819) kitobining nashr qilinishi uning shuxratini keskin oshirdi.
Keyingi yillarda “Siyosiy iqtisoddan etyudlar” (1837) va fundamental
tarixiy asarlar “Fratsuzlar tarixi” (31 tom), “Rim imperiyasi qulashi-
ning tarixi” va boshqa asarlari nashr qilindi.
S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi, sanoat inqilobi davri bilan,
shuningdek mayda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kuchsizlanishi
bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa o‘z navbatida kapitalizmning feodalizm
ustidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning mayda ishlab
chiqarish ustidan g‘alabasini anglatar edi.
S.Sismondi mayda ishlab chiqarish pozitsiyalarida turib, kapita-
lizmni tanqid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi.
Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashadilar,
150
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani bo
‘
yicha ma’ruzalar matni. Toshkent kimyo texnologiyalari
instituti. –Т.: 2004. 36–40-betlar.
Jan Sharl Leonardi Sismond
225
degan fikrga asoslandi. Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi,
ammo taqsimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari xususida o‘z fikrini
bildirdi. Kapitalni, inqirozlarni, mahsulotni realizatsiya qilish
masalalarini tadqiq etadi, jamiyatni o‘zgartirishni mayda burjuacha
dasturini ilgari suradi. A. Smitning ta’limotida qiymat va boylikning
birdan-bir manbai mehnat deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti
tushunchasi u tufayli birinchi bor joriy etildi. Sismondi pul-ichki
qiymatga ega bo‘lgan mehnat mahsuloti va shu sababli u qiymatning
umumiy mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri xulosa chiqaradi.
Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qogoz pullar muomalaga chiqarilishi
xaddan ortib ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning
vujudga kelish jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi
iste’mol qiymati bilan qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan
bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmadi. U qiymatdan chetga
chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondi
ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan
iborat. Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini o‘rgatsa,
fuqarolarni diyonat va din to‘g‘risida tarbiyalash, siyosiy iqtisod
xo‘jalikni qanday boshqarishni, ijtimoy tartibni saqlashni xukumatga
tavsiya qilishi kerak.
Umuman, siyosiy iqtisod ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni his
tuyg‘ulari, ehtiyojlarini va ehtiroslarini o‘rganishi kerak.
S.Simondining fikricha “Odamlarning moddiy farovonligi, inson
tabiati” siyosiy iqtisod predmeti bo‘lishi kerak, “Odamlarning moddiy
farovonligi esa” davlatga bog‘liq, S. Sismondi siyosiy iqtisod predmetini
davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini bir narsa deb biladi, uni sinflardan
ustun turadigan fan deb talkin etdi. U ishlab chiqarish munosabatlari,
iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U insonning fe‘l-
atvorini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Uning qarashlari rivojida ikki bosqich ko‘zga tashlanadi. Avval
boshda S.Sismondi A.Smit ta’limotining, klassik siyosiy iqtisodning
tarafdori bo‘lib chiqdi. U o‘zining dastlabki asarlaridan biri – «Savdo
boyligi to‘g‘risida...» kitobida (1803) sanoat inqilobining ijtimoiy
iqtisodiy mazmuni va imkoniyatlarini yuksak baholadi.
S.Sismondi metodologiyasi:
1.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni subyektiv-idealistik talqin etish.
2.
Ilmiy abstraksiya usulining yo‘qligi.
226
3.
Tarixdan tashqari yondashuv.
4.
Ayirboshlash konsepsiyasi.
Mayda burjua nazariyotchisi bo‘lgan S.Sismondi iqtisodiy
qonunlarning obyektiv xarakterini tan olmadi. S.Sismondi kapitalizmni
antagonistik jamiyat deb bildi. U kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatini
– boylikning oz sonli kishilar qo‘lida to‘planishi va ko‘pchilik
mehnatkash aholining chor-nochor kun kechirishini, jamiyat bilan
xususiy sohibkorning manfaatlari bir-biriga mos emasligini, qishloq
xo‘jaligining savdodan va sanoatdan orqada qolayotganini ko‘rsatdi.
S.Sismondi klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq, mayda tovar
ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘layotganligini va “ortiqcha”
aholi
paydo
bo‘layotganini,
mashinalar
ishchilarni
siqib
chiqarayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi klassik maktab vakillarining
inqirozlar bo‘lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nima
ekanligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning tarixiy
xizmati ham mana shundan iborat bo‘ldi.
Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol
o‘rtasidagi tafovutni 1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar
iste’moli pasayishi oqibatda mamlakat va dunyoda inqiroz ro‘y beradi,
deydi u. Shuning uchun yirik ishlab chiqarishni to‘xtatish va mayda
ishlab chiqarishga qaytishni taklif etadi, shu orqali kapitalizmni inkor
etadi.
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan
foyda va ishchi ish haqining yigindisi bo‘lgan daromad muammosiga
o‘tadi. U milliy daromad bilan yalpi maxsulot bilan aynan bir narsa deb
bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. Kapital deganda S.Sismondi
ishlab chiqarish zaxiralarini (ishlab chiqarish vositalarini) tushunadi. U
kapital jamgarilishini tejamkorlik bilan bog‘laydi. Asosiy (mashinalar,
ish qurollari) va aylanma (uruglik, xomash’yo, ish xaqi) kapitalini bir-
biridan ajratib, bu bilan A.Smitning hamma xatolari va yutuqlarini
takrorlaydi. U kapitalni doimiy va o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi.
Oxir oqibatda Sismondi kapitalni milliy daromaddan farqini izohlay
olmadi. Uning o‘stiga Smitning shu ikki o‘rtadagi tafovutni nazariy
jihatdan isbotlash yo‘lidagi intilishlarini pisand qilmay, orqaga qadam
tashladi.
227
Ishlab chiqarish bilan taqsimot o‘rtasidagi ziddiyatni hamda shaxsiy
iste’molning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhimligini tan
olganini Sismondi konsepsiyaning ijobiy jihatidir. Sismondi kapitalistik
yo‘ldan voz kechishni taklif qildi. Kapitalizmni tartibga solishga,
ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasidagi patriarxalchilik munosabatlarini
o‘rganishga, ishchilarni foydani taqsimlashda qatnashishi ishsizlar,
nogironlar haqida gamxo‘rlik qilishda maxsus fondlarni vujudga
keltirishga, mayda ishlab chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-
quvvatlashga, manufaktura sifatida shakllangan yirik mulkchilikni ko‘p
sonli kapitalistlar o‘rtasida taqsimlashga chaqirdi. U yollanma
ishchilarni ham mulkdorlar safiga qo‘shishni orzu qildi. Bunga
S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi
151
.
Bu g‘oyalar insoniy jihatdan sog‘lom, ammo amalga oshmas fikr
edi.
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi reaksion – xayolparastlik
xarakteriga ega. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga to‘sqinlik
qilishga urinadi. O‘z mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo‘lgan
feodal tuzum himoyachilariga qo‘l kelishini sezmadi.
Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari
tizimida yetakchi muammodir. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning yangi
ibtidolari» asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga
bag‘ishlaydi. A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlarning uch
turini: foyda, renta va ish haqini alohida ajratib ko‘rsatadi, dastlabki ikki
turni umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasi orqali ifodalab, ularni
ichki mahsulotdan chegirma deb hisoblaydi.
S.Sismondi iqtisodiy inqirozni daromadlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik
deb tushunadi, chunki ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariyani
kapitalizm sharoitida ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi
nomuvofiqlik tufayli deb hisoblagan.
151
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani bo
‘
yicha ma’ruzalar matni. Toshkent kimyo texnologiyalari
instituti. –Т.: 2004. 36–40-betlar.
|