Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Qo‘shimcha qiymat nazariyasi. 
Qiymatni aniqlab va qiymat 
qonunini ta’riflab bergach, K.Marks qo‘shimcha qiymatni tahlil qilishga 
o‘tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda 
asosiy savol tug‘iladi: agar 
«ekvivalentli ayirboshlash» 
tamoyili 
bo‘yicha barcha mahsulotlar o‘z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda 
qo‘shimcha qiymat qanday hosil bo‘ladi? Marks ta’limoti bo‘yicha, u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul 
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul- 
tovar), ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. 
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish uchun tovarni sotib 
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‘rtasida har xil foydalilik ayirbosh 
qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. 
Demak, P’>P bo‘lishi kerak. Bu o‘sish qayerdan keladi? (Marks uni 
«
qo‘shimcha qiymat
» deb ataydi). Qo‘shimcha qiymat tovarlar 


246 
muomalasida 
paydo 
bo‘lmaydi, 
chunki 
tovar 
ekvivalentli 
ayirboshlanadi, qo‘shimcha qiymat baho-ning ustiga qo‘shib sotishdan 
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‘lganda xaridor va 
sotuvchilarning o‘zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‘lar 
edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‘rtacha, 
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi 
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‘i kerakki, bu tovar 
iste’mol qiymatining o‘zi qiymat manbai bo‘lishdek orginal bir 
xususiyatga ega bo‘lsin», u shunday tovar bo‘lishi kerakki, bu tovarni 
iste’mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham 
bo‘lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol 
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini 
uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik 
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi kuchi qiymatidan 
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun 
bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo‘yicha «
zarur ish vaqtida
») o‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi
keyingi 5 soat mobaynida («
qo‘shimcha ish vaqtida
») esa qo‘shimcha 
mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‘shimcha 
qiymatni haq to‘lamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha, 
kapitalist tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zlashtirib olinishi 
mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‘zi ishlab chiqqan 
«formula» 
yordamida 
ushbu 
ekspluatatsiya 
darajasini, ya’ni 
ekspluatatsiya me’yorini ko‘rsatib berdi. Qo‘shimcha qiymatning ishchi 
kuchi qiymatiga – o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbatini (mashinalar 
va xom ashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o‘z qiymatini faqat 
yangi mahsulotga o‘tkazishi mumkin, lekin qo‘shimcha qiymat 
yaratmaydi) u 
qo‘shimcha qiymat me’yori 
deb atadi. Uning yozishicha, 
«qo‘shimcha qiymat me’yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki 
ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq 
ifodasidir». Qo‘shimcha qiymat me’yori yangidan yaratilgan qiymatning 
kapitalist bilan yollanma mehnat o‘rtasida qanday taqsimlanishini, 
shuningdek, ish kunining qancha qismida ishchi o‘zi uchun va qancha 
qismida kapitalist uchun ishlashini ko‘rsatib beradi. 


247 
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o‘z 
ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo‘shimcha ish vaqti»da 
esa qo‘shimcha qiymat yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ishlaydi: 
kapitalist qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga 
erishishning ikki yo‘li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini 
qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‘li bilan olinadigan 
qo‘shimcha qiymatni K.Marks 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin