251
o‘rtasidagi tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga
qo‘shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni
tashkil etadi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolut
rentaning ham amal
qilishini ko‘rsatib beradi. U, absolut rentaning paydo bo‘lishini qishloq
xo‘jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‘lishi bilan va yerga
bo‘lgan xususiy mulkchilik bilan bog‘lab tushuntiradi. Birinchi omil
tufayli, uning fikricha, qishloq xo‘jaligi mahsuloti qimmati uning
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‘ladi, ikkinchi omil ta’sir
kuchiga ko‘ra esa, foyda me’yorini o‘rtacha darajaga keltiruvchi
«kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo‘jaligida amal qilishi mumkin
emas.
Binobarin, qishloq xo‘jaligi mahsulot- larining o‘z ishlab
chiqarish baholaridan (qo‘shimcha qiymatning o‘rtacha foydadan)
ortiqchasi kapitalistlar o‘rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki
dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolut renta shaklida
o‘zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolut renta
nazariyasi uning qo‘shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida,
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish
zarurligi kelib chiqqan
sharoitda hech qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
F.Kenening «Iqtisodiy
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o‘zining takror ishlab chiqarish
sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni
daromadlarga bo‘lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda)
ko‘rsatgan bo‘lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga
bo‘linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom
ashyo, yoqilg‘i va boshqalar qiymati), o‘zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi
kuchini sotib olishga bo‘lgan sarflar va qo‘shimcha qiymatga (m).
Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks
iqtisodiyotni ikki bo‘linmaga bo‘ladi. I bo‘linma ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqarish, II bo‘linma iste’mol buyumlarini ishlab
chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish»
o‘zgarmas bo‘lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab
chiqarish bir xil hajmda, o‘zgarmas bo‘lib qolishi uchun qanday shartlar
bo‘lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‘rsatib
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‘linmaning barcha
252
mahsuloti har ikkala bo‘linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi
kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II bo‘linma mahsuloti ish
haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga
teng (ekvivalent) bo‘lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu
ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I
bo‘linmaning sof mahsuloti II bo‘linmada yil davomida iste’mol qilingan
kapitalni qoplash uchun zarur bo‘lgan talab miqdoriga teng bo‘lishi
kerak. Agar I (v+m)>IIc bo‘lsa, unda
doimiy kapitalni qoplashga
bo‘lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib
ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo‘ladi. Lekin amortizatsiya
jamg‘armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi,
albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan
dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik borligini
tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish sxemasini fan-
tarixidagi iqtisodiy o‘sishning birinchi matematik modeli hisoblash
mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo‘q emas. Xususan,
«kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib
borishining shartlarini aniq ko‘rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u
sur’at o‘zgarmagan iqtisodiy o‘sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa,
o‘sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o‘zgarish bo‘lishini taqozo
etmaydi. K.Marks ko‘rsatib bergan iqtisodiy o‘sishning zarur bo‘lgan
shartlari: I bo‘linmaning milliy daromadi ushbu bo‘linmadagi ishchi va
tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo‘linmadan sotib
olinadigan iste’mol buyumlaridan ko‘p bo‘lishi kerak – milliy
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni
kengaytirishga ketadi, ya’ni
I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo‘linmaning mahsuloti yil boshidagi har
ikkala bo‘linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talabidan ko‘p
bo‘lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning
barcha
milliy
daromadi
iste’molga
sarflanmaydi,
ya’ni
I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga
oydinlik kiritishda qo‘llanishi mumkin. Lekin u shu qadar
cheklanishlarga
asoslanganki,
bu
undagi
barcha
dalillarni
kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorl
bahoda» sotiladi; har ikkala bo‘linmada kapital aylanish tezligi bir xil;
253
faqat kapitalistlar jamg‘aradi; texnika taraqqiyoti yo‘q; real ish haqi
doimiy; bir ishchiga bo‘lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan
tashqari, ikki bo‘linmadan iborat bo‘lgan model o‘zgaruvchan real
iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi.
Kapital
buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi
ko‘pchilik tarmoqlar – masalan, tosh ko‘mir qazib olish, transport,
ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‘liq kirmaydi. Buning
ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini
kategoriyalarga bo‘lish vaqti-vaqti
bilan talab strukturasidagi
o‘zgarishga qarab o‘zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishning markscha shartlari deyarli o‘z kuchini yo‘qotadi. Shunday
bo‘lsa-da, tenglama K.Marks tizimida alohida o‘rin tutadi. U iqtisodiy
o‘sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy
bo‘lishi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: