Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Foyda va foyda me’yori. 
K.Marksning foyda nazariyasining o‘ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi, tadbirkorlarning 
har qanday daromadi singari, ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish 
natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha qiymatning tashqi, ya’ni 
o‘zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda, D.Rikardodan farqli o‘laroq, 
gap nafaqat foyda me’yori to‘g‘risida, balki uning qo‘shimcha qiymat 
me’yoridan farqi, o‘ziga xosligi to‘g‘risida boradi. «Avanslangan butun 
kapitalning mahsuli bo‘lib ko‘ringan qo‘shimcha qiymat foydaning 
o‘zgargan shakliga kiradi». 
«Kapital» I tomining mazmuniga ko‘ra, korxonalarda yoki 
iqtisodiyot tarmoqlarida o‘zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi 
qancha ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha qiymat miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, 


249 
lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori bo‘lsa, ya’ni 
korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va 
asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo‘lsa, qo‘shimcha 
qiymat miqdori shuncha kam bo‘ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks 
«
qo‘shimcha qiymat me’yori
» va «
foyda me’yori
» tushunchalarining 
farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi, uning tomonidan, 
qo‘shimcha qiymatning o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida
ko‘rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‘shimcha qiymatning 
«o‘zgargan shakli» to‘g‘risida borar ekan) qo‘shimcha qiymatning ja- 
mi kapitalga, ya’ni o‘zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‘lgan nisbati 
sifatida qaraladi. 
K.Marks ta’limotiga binoan foyda me’yori pasayishga moyil. 
Bunday moyillik, uningcha, Rikardo-Mill ko‘rsatib berganidek, 
demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» 
keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar bahosining oshishi 
sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi umumiy kapitalda 
o‘zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. 
Bundan tashqari, «qo‘shimcha qiymat me’yori» va «foyda 
me’yori» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat 
sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo‘jalik mexanizmi «sir-asrorlarini» 
yaxshi tushunganligini namoyish etdi. Masalan, qo‘shimcha qiymat 
nazariyasi «mantig‘i» bo‘yicha, ish kuni qancha uzun bo‘lsa, 
qo‘shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori shuncha yuqori 
bo‘lishi kerak. Lekin «qo‘shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo‘li bilan 
qo‘shimcha qiymatni ko‘paytirish usulini K.Marks yaxshi va to‘g‘ri usul 
deb hisoblamaydi. «Absolut qo‘shimcha qiymat» olib keluvchi bunday 
usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‘lganda, ortiqcha xarajatlarni 
keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin, 
ishchilar noroziligining muqarrarligi to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. 
Buning ustiga, «Kapital» muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida 
kapitalist uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning 
«oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, 
zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining 
oshishi «nibiy qo‘shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o‘zida 
qo‘shimcha qiymat me’yorining pasayish tendensiyasini kuchaytiradi. 
Shunday bo‘lsada, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me’yorini 
ko‘paytirishga intiladi. «Foyda me’yori, 


250 

deb 
yozadi 
K.Marks, 
– kapitalistik ishlab chiqarishni 
harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 
narsagina ishlab chiqariladi». 
Foyda me’yori hamisha qo‘shimcha qiymat me’yoridan kam 
bo‘ladi. Buning sababi shundaki, uni hisoblaganda qo‘shimcha qiymat 
butun kapitalga nisbatan olinadi, qo‘shimcha qiymat me’yorini 
hisoblaganda esa, qo‘shimcha qiymatning faqat o‘zgaruvchi kapitalga 
bo‘lgan nisbati olinadi. Chunki qo‘shimcha qiymat, K.Marks ta’limotiga 
ko‘ra, faqat o‘zgaruvchi kapitalning funksiyasi hisoblanadi. 
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning 
o‘zgaruvchi kapitaldan ko‘pligi o‘rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq 
bo‘lsa) o‘rtachadan kamroq foyda me’yori beradi. «Past uzviy 
tuzilishdagi» kapital esa o‘rtachadan oshiqroq foyda me’yorini beradi. 
Kapital o‘rtasidagi raqobat, kapitalning erkin sur’atda bir tarmoqdan 
ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda 
beradigan tarmoqqa) oqib o‘tishi har ikki holda ham o‘rtacha foyda 
me’yorini keltirib chiqaradi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar 
qiymati miqdori tovarlar bahosining miqdoriga to‘g‘ri keladi. Lekin 
ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o‘z qiymati bilan 
sotilmaydi, balki 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin