Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. 
K.Marksning asosiy ilmiy 
yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, 
ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari 
to‘g‘risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) 
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko‘rsatib berdi. 
1.
Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan 
jamoa. 
2.
Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy 
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish 
usuli. 
3.
Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. 
K.Marks ta’limotiga ko‘ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o‘tish 
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig‘i 
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy 
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. 
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik 
munosabatlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirsa, keyinchalik bu 
munosabatlar iqtisodiy o‘sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga 
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‘ra kapitalizm 


257 
halokatga yuz tutadi. Chunki u o‘zining ichki ziddiyatlarini yechishga 
qodir emas. 
Uningcha, kapitalizm o‘rniga dolzarb muammolarni yecha 
oladigan, sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish 
imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. 
K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‘allikni stixiyali 
bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan bo‘lsa, kelajakda 
bo‘ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida 
tashkil etilgan bo‘lishi, yagona reja bo‘yicha ishlashi kerak. Uning 
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja 
bo‘yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon 
tug‘iladi». 
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, kapitalizmning muqarrar halokati 
to‘g‘risidagi K.Marks dalillarida jamiyatdagi sinflar o‘rtasida 
daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida emas, balki bu 
tizimning to‘la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi 
ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‘lgan moyilligi hisoblanadi. U, 
sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal hisobladi, ularni 
noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb atadi. K.Marks 
nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir butun 
umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy 
jihatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz tuzum. 
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‘lgan 
qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar 
nazariyasiga asoslanadi. U o‘zini klassiklarning davomchisi hisoblagan 
holda, haqiqatan ham, iqtisodiy o‘sish muammosi bilan, xususan, 
farovonlikning va daromadlarning o‘sishi hamda daromadlarning 
mehnat, kapital va yer egalari o‘rtasida, ya’ni sinflar o‘rtasida 
taqsimlanish muammosi bilan shug‘ullandi. Lekin uning sinflar 
nazariyasidagi markaziy g‘oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga 
qadar o‘tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar 
kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va 
krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o‘rtasida doim 
antagonizm bo‘lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir- 
biriga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni 
inqilob asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning 
umumiy halokati bilan tugadi». Markscha, o‘zining kuchayib 


258 
borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham istisno 
hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan sanoat 
ishchilari sinfi kapitalizm «go‘rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning 
bashorati to‘g‘ri chiqmaganligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Kapitalizm 
yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlay oldi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin