260
−
tadqiqotlarni mikromuhit darajasiga o‘tkazish, diqqatni firma va
iste’molchi xatti-harakatiga qaratish;
−
tadqiqotlarda subyektiv yondashuvni qo‘llash;
−
matematik vositalar: chegaraviy ko‘rsatkich,
differensial tahlil,
optimal yechim izlash, grafik va rasmlardan foydalanish;
−
qisqa muddatli davrga ega bo‘lgan statistik masalalarni yechish.
“Marjinalizm inqilobi” tarixda ikki bosqichda shakllandi. bular
160
:
1.
XIX asrning 70–80-yillar oralig‘i. Bu bosqich K.Menger va
uning shogirdlari hamda U.S.Djevons, L.Valras nomlari bilan bog‘liq.
Bu bosqichni
iqtisodiy nazariya subyektiv yo‘nalishi
deb atashadi,
chunki bu davrda inson psixologiyasini birinchi o‘ringa qo‘yish,
individual iqtisodiy tahlillarni qo‘llash amalga oshirilgan.
2.
XIX asrning 90-yillari oralig‘i. Bu davr A.Marshall, Dj.Klark va
V.Paretto nomlari bilan bog‘liq. Uni
neoklassik iqtisodiy nazariya
deb
ham atashadi.
Metodologiya.
Marjinalizm nazariyasiga
iqtisodiy jarayonlarni
subyektiv – psixologik metod asosida tahlil qilish xosdir. Iqtisodiy
hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi,
subyektiv talqinga
asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo‘yicha, tovar
qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv
miqdor
hisoblansa, marjinalistlar bo‘yicha, qiymat subyektiv talqin,
istak, hissiyot bilan aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari:
me’yorli foydalilik, me’yorli
unumdorlik, me’yorli xarajatlar va
boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx
va boshqalarni subyektiv baho berish asosida tushuntiradi.
Bozor xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli
resurslardan har birining me’yorli foydaliligiga baho bergan holda eng
keraklisini tanlaydi. Iste’molchi o‘zining cheklangan daromadlarini
ehtiyojlarni ko‘proq qondiradigan qilib
tovarlarni sotib olishga
taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini
maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va xarid
qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik
olishga intiluvchi alohida
iste’molchi turadi.
Dostları ilə paylaş: