Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Me’yorli foydalilik nazariyasi va buyumning subyektiv qimmati. 
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va taklifni o‘rganishga qaratilgan 
160 
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. –СПб.: Питер, 2008. 139 
стр 


261 
klassik iqtisodiy nazariyadan farqli o‘laroq, marjinalistlar, eng avvalo, 
iste’mol va talabni tahlil qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni 
tahlil qilishni kishilarning ehtiyojini o‘rganishdan, buyumning foydalilik 
mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning qimmatini aniqlashda 
marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha yondashdilar. 
Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo‘lsalar, marjinalistlar tovar qimmati 
asosida ikki omil – foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb 
hisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini) 
foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki hayotda eng foydali 
bo‘lgan havo va suvning qiymati yo‘q, degan 
«Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko‘ra 
foydali emas, – deb yozadi A.Smit, – lekin unga u – bu narsani sotib 
olish amri mahol… Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish 
nuqtayi nazardan nihoyatda qimmati kam, ammo unga juda katta 
miqdordagi boshqa tovarlarni olish mumkin». Marjinalistlarning 
aytishicha, haqiqatan ham, havo yoki suvning umumiy foydaliligi 
brilliantning umumiy foydaliligidan tasavvur qilib bo‘lmaydigan 
darajada ko‘p. Lekin havo va suvga qaraganda qimmatli toshlar ancha 
kamyob. Shuning uchun uning qimmati ancha yuqori. «Qimmat, – deb 
yozadi E.Byom Baverk, – narsalarning aynan cheklangan miqdorda 
bo‘lishini taqozo etadi, qimmatning yo‘qligi esa, ularning mo‘l- 
ko‘lligini taqozo etadi». Qimmat esa buyumning umumiy foydaliligi 
bilan emas, balki «oxirgi birlik» foydaliligi bilan aniqlanadi. 
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang‘ich nuqtasi – 
ehtiyojlarning to‘yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni 
bildiradi: inson ehtiyojining to‘yinish darajasi oshib borishi bilan 
iste’moldan bo‘lgan qoniqish pasayib boradi yoki iste’mol qilinadigan 
tovar miqdori ko‘payib borishi bilan uning foydaliligi kamayib boradi. 
Shunga muvofiq iste’mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi 
qismining iste’mol uchun bo‘lgan foydaliligi boshqa qismlariga nisbatan 
ancha past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi – bu 
me’yorli 
foydalilikdir. Aynan u, marjinalistlarning fikriga ko‘ra, tovar qiymati 
shakllanishining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch hisoblanadi. 
E.Byom Baverkning yozishicha: «Me’yorli foydalilik g‘oyasi – bu 
iqtisodiy hayotning eng murakkab ko‘rinishlarini yechishga kalit va 


262 
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula 
– «Ochil dasturxondir». 
Me’yorli foydalilik nazariyasiga binoan tovarlar narxi asosida 
mehnat sarflari bilan aniqlanadigan qiymat emas, balki ushbu 
buyumning foydaliligi yotadi. Me’yorli foydalilik 
nazariyasi 
tarafdorlari tovarda mujassamlashgan mehnat natijasi sifatidagi 
qiymatga foydalilik kategoriyasini, odamning narsaga bo‘lgan 
munosabatini ifodalovchi subyektiv baholashni qarshi qo‘yadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasida mehnat sarflarining bevosita 
o‘lchovi ish vaqti hisoblanadi. Tovar qiymati individual ish vaqti bilan 
emas, balki ijtimoiy zaruriy atalmish ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy 
zaruriy ish vaqti me’yorl ishlab chiqarish sharoitda, o‘rtacha mahorat va 
mehnat intensivligida muayyan iste’mol qiymatni ishlab chiqarishga 
ketgan vaqt bilan ifodalanadi. 
Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, faqat bozorda, 
ayirboshlash jarayonida ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari darajasi 
ro‘yobga chiqadi. Faqat bozorda qiymat almashuv qiymat shaklida 
namoyon bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, qiymat ishlab chiqarishda 
yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Mana shu yerda me’yorli 
foydalilik nazariyachilari e‘tiroz bildiradilar. Uning ma’nosi nimadan 
iborat? Agar tovar bozorda xarid qilingan bo‘lsa, bu jarayon o‘sha 
tovarni ishlab chiqarishga kimdir sarflagan ijtimoiy zaruriy mehnat 
xarajatlarini baholash uchun amalga oshirilmaydi, balki bu tovar xaridor 
uchun muayyan foydali samaraga ega bo‘lganligi uchun, xaridor bu 
tovarning qadr-qimmatini bilganligi uchun amalga oshiriladi. XIX 
asrning oxiri XX asrning boshlarida «qiymat» so‘zi nemischadan aynan 
«qimmat» 
deb tarjima qilinishi ham bejiz emas edi. Qimmat – bu ko‘p 
jihatidan subyektiv kategoriya. Shunga muvofiq, avstriya maktabi 
ta’limotiga ko‘ra, qiymat (qimmat) hech qachon buyumga xos bo‘lgan 
obyektiv xususiyat bo‘lishi mumkin emas. Faqat xaridor ko‘z o‘ngida 
qimmatli bo‘lgan narsalargina qimmatga ega. Xaridorning subyektiv 
bahosi yaratilgan buyumga qiymat xossasini beradi. Demak, qiymat 
faqat bozorda yuzaga keladi, undan tashqarida amal qilmaydi. 
Odamlar tomonidan turli moddiy va ma’naviy boylik va 
xizmatlarning qimmatiga baho berilishi, bu ularni ishlab chiqarishga 
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangani uchun emas, balki bu 


263 
buyumlarning foydalilikka ega bo‘lgani sababidandir. Odamlar 
foydalilikka ehtiyoj sezganligi uchun ham u yoki bu tovarni ishlab 
chiqarishga mehnat sarflarini amalga oshiradilar. U yoki bu mehnat 
sarflarining ijtimoiy zaruriyligini kim yoki nima aniqlab beradi. Oddiy 
qilib bozor desak – bu to‘g‘ri, lekin u juda umumiy tushuncha, shuning 
uchun yetarli emas. Me’yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri 
bo‘yicha, faqat tovarning foydaliligi mehnat sarflariga ijtimoiy 
zaruriylik xarakterini berishi mumkin. Me’yorli foydalilik nazariyasi 
namoyandalari, qimmatni foydalilikdan keltirib chiqarar ekan, 
foydalilikni ikki turga bo‘lib ko‘rsatishni zarur deb hisoblaydilar. 
Birinchisi tovarlarning (don, olmos, neft) o‘z xususiyatiga ko‘ra – 
umumiy foydaliligi. Ikkinchisi iste’molchi ehtiyoj sezadigan tovarning 
konkret foydaliligi. Konkret foydalilik doimo bir xil bo‘lavermaydi, u 
har xil baholanadi. Bu yerdagi farq unga bo‘lgan yondashuvda. Agar u 
yoki bu buyumlarni erkin va xohlagancha olish mumkin bo‘lsa, unda 
ularning foydaliligi, cheklangan miqdordagi bunday buyumlarning 
foydaliligichalik baholanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor 
eslang). 
Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (me’yorli) 
foydaliligi o‘rtasidagi farq iste’molchilar xatti-harakatini tahlil qilish 
uchun zarur. 
Me’yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjinalistlar 
ko‘rsatib bergan o‘rmonda yashovchi qariya darvish qo‘lidagi besh qop 
donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati qanday? 
Birinchi qopdagi don ochdan o‘lmaslik uchun kerak, ikkinchisi oziq- 
ovqat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi – uy parrandalarini 
boqish uchun, to‘rtinchisi – pivo tayyorlash uchun, beshinchisi esa 
vaqtxushlik (to‘ti qushlarga ovqat berish) uchun ishlatiladi. Barcha 
qoplar bir xil qimmatga ega. Ammo lekin ularni qariya uchun foydaliligi 
pasayib borish tartibida joylashtirsak, unda birinchi qopdagi bug‘doy 
eng yuqori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur. 
Qariya uchun oxirgi, to‘tiqushlarni boqish uchun mo‘ljallangan qop eng 
kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa (aytaylik, bir 
qop don boltaga) u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga qarab ish 
tutadi. 
Shunday qilib, iste’mol qilinadigan tovar (don)ning miqdori 
ko‘payib borishi bilan uning oxirgi, me’yorli foydaliligi pasayib boradi 


264 
TU 
0 1 2 
(me’yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining 
ko‘payib borishi bilan me’yorli foydalilikning (TU) pasayib borishini 
quyidagi grafik ko‘rinishida aks ettirish mumkin (7-rasm). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin