254
va yangi ish joylarini tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta
qurish, jamg‘arish jarayonida foyda me’yorining pasayish tendensiyasi
va kapital qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko‘payishi
va ish haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat
yuzaga kelguncha davom etadi.
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofiq tovarlar
taklifi avtomatik tarzda o‘ziga talabni keltirib chiqaradi Boshqacha
aytganda, tovarlarni sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish
uchun xarajatga aylanadi. K Marks tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish
(P-T) aktlari makon va zamonda mos tushmasligini ko‘rsatib berdi
(tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik bilan sotib olishga
majbur emas, chunki uning o‘zi nimanidir sotgan». Demak, yalpi
xarajatlar yalpi daromadlardan kam bo‘lganda ortiqcha ishlab chiqarish
inqirozi mumkinligi
kelib chiqadi, ya’ni siklli rivojlanishga olib keladi.
K.Marksning ko‘rsatib berishicha, iqtisodiy sikllarning moddiy
asosi kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi
hisoblanadi (har 5-10 yilda). Bunda texnika taraqqiyoti asosiy
kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida yangilanib turish muddatini
qisqartirishi
mumkin.
Texnik
kashfiyotlar
va
innovatsiyalar
davriyligining xo‘jalik jarayoniga bo‘lgan ta’siri tahlili sikllar
nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Iqtisodiy deatamaizm.
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish
konsepsiyasi bilan
bevosita bog‘liq. Bu g‘oyani shakllanishi jarayonida u uch asosiy ilmiy
manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga, Gegel-
Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va fransuz utopik sotsializmiga
asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish sxemasida markaziy o‘rinda
iqtisodiy deatamaizm («tarixni materialistik tushunchasi») turadi.
K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va uning tarixiga tatbiq etilgan
deatamaizmning asosiy qoidalarini «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir»
asarida quyidagicha aniq va to‘liq ifodalab beradi:
«Kishilar o‘z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda
muayyan,
zarur
o‘zlarining
irodalariga
bog‘liq
bo‘lmagan
munosabatlarda – ishlab chiqarish munosabatlarida bo‘ladilar, bu
munosabatlar
ularning
moddiy
ishlab
chiqaruvchi
kuchlari
taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab
255
chiqarish
munosabatlarining
yig‘indisi
jamiyatning
iqtisodiy
tuzilmasini, real bazisini tashkil etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu
real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari
shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli
umuman
hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi
bo‘ladi. Kishilarning ongi ularning borlig‘ini belgilamaydi, balki
aksincha ularning ijtimoiy borlig‘i ularning ongini belgilaydi.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘z taraqqiyotining
ma’lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish munosabatlariga yoki –
buning yuridik ifodasigina bo‘lgan – mulkchilik munosabatlariga zid
bo‘lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag‘rida
rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab
chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanish shakllaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda
ijtimoiy inqilob davri boshlanadi. Iqtisodiy asos o‘zgarishi bilan butun
bir g‘oyat katta ustqurmada ham ozmi-ko‘pmi tezlik bilan tub o‘zgarish
yuz beradi… Ayrim odam haqida uning o‘zi to‘g‘risidagi fikriga qarab
xulosa chiqarish mumkin bo‘lmagani singari, bunday o‘zgarish davri
to‘g‘risida ham shu davrning ongiga
qarab hukm chiqarish mumkin
emas. Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan,
ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari
o‘rtasida bo‘ladigan ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab
chiqarish munosabatlari ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi
antagonistik shakli hisoblanadi,… lekin burjua jamiyatning bag‘rida
rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu
antagonizmni yechish uchun moddiy sharoit yaratadi».
Demak, K.Marksning nazariy konsepsiyasida ishlab chiqarish
shakli o‘zining
maxsus xususiyatiga, o‘zining ichki mantig‘iga ega.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi jamiyatning moddiy bazisini
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va
boshqalar bog‘liq bo‘ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan
boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig‘indisi jamiyatning
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab
chiqaruvchi kuchlarining muhim elementi deb K.Marks ishlab chiqarish
vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob-
uskunalarni hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy
256
o‘sish) ishlab chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumning) takomillashuvini taqozo etadi. U, o‘z navbatida, ishlab
chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta’sir ko‘rsatadi,
iqtisodiy o‘sishiga imkon berishi yoki to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ijtimoiy organizmning ikki tomoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqa juda
murakkab, ko‘p qirrali va ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi
omil hisoblanmaydi.
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi hamda
ideologik va siyosiy ustqurma bilan bazis o‘rtasidagi
muvofiqlik
tamoyilni ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi
iqtisodiy o‘sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining
iqtisodiy o‘sishiga to‘sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning
buzilganligini bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy
taraqqiyot dialektikasiga muvofiq o‘z o‘rnini boshqa progressiv ishlab
chiqarish munosabatlariga bo‘shatib berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: