248
mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli ro‘y
beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi,
negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini
keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan
kapitalistlar o‘rtasidagi munosabatda keyingisiga
ustunlik beradi va
ishchi kuchi o‘z qiymatidan past bahoda sotiladi.
Demak, K.Marks bo‘yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi
kuchini sotdi, bunda «haq to‘lanmagan mehnat»ning (aniqlash va
o‘lchash mumkin bo‘lgan) ish haqiga aloqasi bo‘lmaydi, «haq
to‘lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas,
negaki bitim
(kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan
tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki
mehnat jarayoni tugagandan keyin to‘laydi. Ishchi o‘z ishchi kuchining
qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda
mehnat, shu jumladan, qo‘shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat
sarfi esa, uning nazariyasiga ko‘ra, ish vaqti bilan o‘lchanadi. Binobarin,
ishchi kuchining ma’lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning
qiymatiga haq to‘lash sharti bo‘lib qoladi.
K.Marks fikri bo‘yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat
unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o‘smaydi» va
natijada ishchilarning kambag‘allik va ma’naviy
qashshoqligi kelib
chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarning mutloq noto‘g‘ri ekanligini
ko‘rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat texnologiyalar darajasini
takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki ijtimoiy masalalar
bo‘yicha ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: