220
uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning
yuksalishiga va xalq boyligini ko‘paytirishga to‘sqinlik qiluvchi “man
etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm
to‘g‘risidagi g‘oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo‘jalik
hayotini qayta qurishga aralashmasligi to‘g‘risida g‘oyaning
amalga
oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o‘sha davrdagi Fransiya
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo‘lar edi.
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifini
suhbatga chaqirgan va unga o‘z asarini tubdan qayta ishlashni taklif
qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur
bo‘ldi.
Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o‘zining xususiy ip yigirish
fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili
uni sotib, topgan puliga
«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar
1814-yili chop etiladi, so‘ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817,
1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko‘p
tillarga tarjima qilindi.
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan
o‘zgarishlar J.B. Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‘yicha o‘z asarlari ustida
ishlashni davom ettirdi, ko‘p ma’ruzalar o‘qidi
va ularda iqtisodiy
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi.
«Sey qonuni».
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin
raqobati va proteksionizmning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik
tamoyillarini qo‘llab-quvvatladi va ularni ko‘klarga ko‘tardi.
Agar bu
tamoyillar qo‘llanilsa, J.B.Sey bashoratiga ko‘ra, ortiqcha ishlab
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‘la iste’mol qilmaslik ham
bo‘lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib
chiqmaydi. U bu g‘oyani rivojlantirib, o‘zining «bozor qonuni»ni
yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‘ra,
har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu
daromadlarga qiymati ularga teng bo‘lgan tovarlar sotib
221
olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo‘ladi
149
. Boshqacha
qilib aytganda, tovarlar taklifi o‘zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni
o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir
kishi ushbu daromadga mos
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi,
ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat
ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p ishlab chiqarishdan
qo‘rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish
xavfi tug‘ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida
klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va
keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M.
Keynsning
tasdiqlashicha,
odamlar
daromadlarning
barchasini
iste’molga
sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa
shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni
qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri
ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga
sarflanishi kerak bo‘lgan daromadning bir qismi jamg‘armaga ajratiladi.
Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‘rtasidagi
muvozanat buziladi.
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki,
iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‘ziga mos ravishda iste’molni (talabni)
keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning
«tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini
ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib
chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi.
Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha
tarafdorlari tomonidan
«Sey qonuni» shu ko‘rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin
tashkil topishi xo‘jalik konyunkturasidagi o‘zgarishga darhol moslasha
oladi, iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solib turishini kafolatlaydi,
deb hisoblagan.
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan
barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab
149
Раззоқов А.,Тaшматов Ш.,Ўрмонов Н.. Иқтисодий таълимотлар тарихи.–Т.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2007.134-б.
222
miqdoriga teng bo‘ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu Sey
qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: