Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. 
Iqtisodiy taraqqiyot, J.S. Mill 
ta’limoti bo‘yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va jamg‘arish ko‘payadi, 
soliqlar ancha erkinlashadi, ko‘pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, 
kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi 
samaradorlikning o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining 
kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom 
ashyo qiymatidan tashqari). 
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o‘xshab 
ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga 
intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‘arishga va jamg‘arilgan 
vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum 
darajasiga bo‘lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni 
ko‘paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini 
pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu yerda 
kapital yo‘qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan 
arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning bir qismining 
chetga chiqib ketishi foydani va foiz me’yorini oshirib, jamg‘armaga 
bo‘lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U, shuningdek, foyda 
me’yorining pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi 
bo‘lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi. 
Ko‘rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi – bu iqtisodiy 
yuksalish uchun kurash to‘xtagan paytdagi turg‘unlik holati hisoblanadi. 
Ammo J.S.Mill, agar turg‘unlik holati ishlab chiqarishning yuqori 
darajasida yuzaga kelgan bo‘lsa, unga ijobiy munosabatda bo‘lgan 
«Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‘paytirish 
eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda 
taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga 
ko‘ra, hech kim kambag‘al bo‘lmagan, hech kim boylikka intilmagan va 
birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning 
orqaga surib tashlanishi xavfi bo‘lmagan vaziyatdagi jamiyat, odamlar 
uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg‘unlik 
davrida madaniyatning barcha 


212 
shakllarini rivojlantirish uchun, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun 
imkoniyatlar hech cheklanmagan bo‘ladi. 
Odam o‘zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini 
adolatsizlik deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi 
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin 
uning ko‘pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga javob 
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, 
asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash 
uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib 
bo‘lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‘tgan mehnat mahsuli 
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‘lganda, ularda 
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‘lishishga zarurat bo‘lmas edi. 
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‘lmaganligi uchun ular ekvivalentning 
bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga 
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk 
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli 
hisoblanmaydi). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin