Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

«Mantiq tizimi» 
nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari 
«Siyosiy iqtisod asoslari…» 
bo‘lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu asar 
beshta kitobdan iborat: (1) “Ishlab chiqarish”, (2) “Taqsimot”, (3) 
“Ayirboshlash”, (4) “Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va 
taqsimotga ta’siri”, (5) “Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri 
to‘g‘risida”. Bu asarning so‘zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy 
bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg‘or zamonaviy g‘oyalarni 
hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning 
“Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni 
o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko‘rinishda 
tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit- Rikardo iqtisodiy nazariyalarini 
izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy 
bilimlarni tizimlashtirdi va ommaviylashtirdi, balki uning tomonidan bir 
qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakun 
dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi. 
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab 
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida 
ta’riflaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga 
Djon Styuard Mill (1806 - 1873) 


206 
ega bo‘lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi. 
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy fanning 
metodologiyasini 
takomillashtirish 
J.S.Millning 
asosiy 
xizmati 
hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to‘g‘ri 
bo‘lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning 
nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko‘p omilli tahlilning zarurligini 
ko‘rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko‘ra, ikki 
asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan 
sharoitda to‘g‘ridir; 2) ular har tomonlama (universal) bo‘lishi mumkin 
emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko‘p sabablar amal qiladi. 
Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, shuning uchun ularni 
chalkashtirib yubormaslik, sabab va oqibatni bir-biridan ajrata bilish 
lozim. 
O‘zgarib turuvchi sharoitlarni va o‘zaro aloqalarni hisobga olgan 
holda turli konsepsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiyalarni 
taqqoslash, to‘g‘ri xulosa chiqara bilish iqtisodiy bilimlarning meros 
bo‘lib qolishini ta’minlaydi. 
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilardan biri sifatida 
iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. Biz 
uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin