217
ega bo‘lish uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif
berdi. U narxni predmetning o‘zini ayirboshlash evaziga pul olish
qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat kuchlarini
boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol
deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi
nazariyasini tanqid qilib, uni
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘li bilan go‘yo
sinflar o‘rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o‘zi esa rentani
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan
aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta’limotida burjua
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlarining to‘la-to‘kis
uyg‘unligi» mavjudligini isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z
nazariyasiga asos qilib oldi.
G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini
go‘yo kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi
ham
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning
iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan
asoslamoqchi bo‘ldi. G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy
ko‘payishi va ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib,
ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan
bog‘liq.
XIX
asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi
manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, burjuaziya
siyosiy iqtisodini yuksaltirishga katta ta’sir ko‘rsatdi.
«Manfaatlar uyg‘unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi
zamon siyosiy iqtisodi olimlari qaytadan tiklamoqdalar.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning
bekamu-ko‘stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va
boshqa
«uyg‘unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g‘oyalari Bastiadan
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQSHning janubida
hali qul plantasiyalari mavjud edi).
Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali
yosh davlat sifatida sanoati pastligi
tufayli unga muhtoj edi, chunki
Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular
tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri
kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua jamiyatidagi sinflar
218
o‘rtasidagi manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi ko‘pchilikka ma’qul
bo‘lmay qoldi.
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo‘lib,
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o‘rtasida urush keltirib chiqaradi.
Vaholanki, bu guruhlar o‘rtasida bekamu-ko‘st uyg‘unlik mavjud emish.
Kerining «Manfaatlar uyg‘unligi nazariyasi» asosida uning
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorligining o‘sishi
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o‘ssa, kapitalistlarniki
esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital o‘rtasidagi
antagonizm yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi ma’lum tezis – unumli kapital
g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy foyda olishi
kerak).
G.Kerining g‘oyasi bo‘yicha tovarning qiymati uni ishlab
chiqarishga ketgan amaliy
mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Ammo
mehnat unumdorligining o‘sishi bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish
uchun, shu jumladan ishlab chiqarish vositalariga sarf- xarajatlarni
kamaytirish lozim.
Bu esa, G.Keri bo‘yicha kapitalning qimmati pasayishiga olib
keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir deb qaraladi. Oqibatda
foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot hissasi ham pasayadi, shunga
mos ravishda mehnat qimmati va uning mahsulotdagi hissasi oshib
boradi. Bu g‘oyalarning hammasini qo‘llash qiyin (bu haqda yuqorida
ham aytilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, avvalgi mehnatga
hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning
tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi
qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi
hissasi esa
oshib boradi.
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab
berishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa
unumdorligi past yerlarni ishga tushirishga mone’lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida
qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar
uyg‘unligi» haqida ham gapirib, jahon ishlab
chiqarishini mahalliy
markazlarga taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq
xo‘jaligi va sanoat tabiiy holda uyg‘unlashgan.
219
(1767-1832)
Shularni hisobga olib, Keri Buyuk Britaniyaning sanoat va
mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa
davlatlarni agrar xomashyo manbayiga aylantirish siyosatini inkor qiladi
va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi. Shunisi
qiziqqi, burjuaziya manfaatlarini himoya qilib, gohida fritrederlik
(F.Bastia), ba’zida proteksionizm (G.Keri) «uyg‘unlik»ning doimiy
sharti deb e’lon qilinaveradi.
Dostları ilə paylaş: