Buyuk turg‘unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi.
Sanoati
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929–
1933-yillardagi
buyuk
turg‘unlik
davri
iqtisodiyot
fanining
rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929-yildan 1933-yilgacha
AQSHda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941-yilga
qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937–1938-yillarda
yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to‘xtatildi.
Faqat 1942-yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni
dunyo hali ko‘rgan emas.
Yevropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol
ish faoliyatining pasayishi, taxminan, 1929-yil avgust oyidan boshlandi,
sentabrdan esa u fond bozorida o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Oktabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga,
o‘z aktivining asosiy qismini qimmatli qog‘ozlarda saqlab
299
turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va
natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi.
Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi.
Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi.
Buyuk turg‘unlik nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga
asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi
klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Iqtisodiyotda
vujudga kelgan bunday keskin vaziyat cheklangan resurslar sharoitida
tanlov muammosini emas, balki ularning nisbiy ortiqchaligini (ommaviy
ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari) muammosini
keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli
“umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini J.M.Keyns yaxshi
tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi,
unga ko‘ra
bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, o‘zini-o‘zi
tartiblovchi tizim hisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi
mumkin.
J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo‘nalish
sifatida – keynschilik deb ataladi.
1929–1933-yillardagi buyuk turg‘unlik davri klassiklarning bozor
iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g‘oyasi ayni
sharoitda noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga
aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartibga soilsh
mumkinligini J.M.Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi. Uning 1936-yili
chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari
iqtisodiyotni makro darajada tahlil qilishda inqilobiy to‘ntarish yasadi.
Ko‘pchilik iqtisodchilarning aytishicha, J.M. Keynsning bu asari XX asr
iqtisodiy fanida burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham
ayrim mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi.
O‘rganish predmeti va uslubi.
J.M.Keynsgacha bo‘lgan iqtisodiy
nazariyada xo‘jalik jarayonlarini tahlil qilishning mikroiqtisodiy
yondashuvi hukmronlik qilib kelgan. Firmalarning samarali amal qilishi
bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir narsa deb
qaralgan. Xo‘jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish
faqat pul massasi va bahoning umumiy darajasining o‘zaro
300
aloqasi muammosigagina kelib taqalgan, xolos. Buning ustiga, e’tibor
faqat uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. J.M. Keyns birinchi bo‘lib
makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi yalpi miqdorlari
(ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, yalpi iste’mol
xarajatlari va b.) o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi.
Makroiqtisodiy uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun
iqtisodiyotning rivojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini taqozo
etadi.
O‘rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M. Keyns iqtisodiy
ta’limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy
yondashuvdan ko‘ra makroiqtisodiy tahlilga ustunlik berishida,
ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda «samarali talab»
(talabning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi) konsepsiyasini asoslab
berishida o‘z aksini topadi.
J.M.Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish bilan
bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda
ko‘paygan edi. U yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur
muammolar (shu jumladan, ish bilan bandlik muammosi) yechimini
taklifdan emas, balki
talabdan
qidirish kerak degan xulosaga keldi.
Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan
talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib
chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi
talabning yalpi taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik
jamiyatning surunkali kasalligidir. Yalpi talab harakati va ijtimoiy
mahsulot miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik keynschilik
tadqiqotinig markaziy obyektini tashkil etadi.
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga
va mehnatga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning
natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orqada
qolib ketadi, jami xarajatlar va jami daromadlarning doimiy
muvofiqligini ta’minlovchi Sey qonuni amal qilmaydimi? J.M. Keyns
“Sey qonuni”ning dogmatik qoidalari tarafdorlarini keskin va dalillar
asosida tanqid qildi. Bu borada u shunday yozadi: «Sey va Rikardo
davridan boshlab iqtisodchi – klassiklar o‘rgatdilar: taklif o‘zi talabni
keltirib chiqaradi… mahsulotning barcha qiymati bevosita yoki bilvosita
mahsulot sotib olishga sarflangan bo‘lishi kerak». J.M.Keyns
klassiklarning bu tezisini tanqid qilib, u faqat iqtisodiy hayotda pul
301
hech qanday mustaqil rol o‘ynamaydigan natural ayirboshlash sharoitida
amal qilishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun, uning
ta’kidlashicha, «Sey qonuni… to‘la ish bilan bandlikka erishishda hech
qanday to‘siq yo‘q degan taxmin bilan bir narsadir».
J.M.Keyns o‘zining o‘sha davrdagi «inqilobiy» metodologik
tadqiqotiga asoslangan holda o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq va
hukmronlik qilib turgan iqtisodiy qarashlarga zid tarzda davlat
yordamida ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatidagi ish haqini
pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslikning zarurligini, shuningdek, insonning
jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi tufayli daromadlardan ko‘ra
iste’molning ancha sekin o‘sishini tasdiqlab berdi.
Makroiqtisodiy g‘oyalarning shakllanish bosqichi makroiqtiso-
diyotni analitik baza bilan ta’minlash uchun Keyns ko‘makchi bo‘ldi.
Keyns davriy o‘zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik nazariyasini
qo‘llash haqida fikr yuritgan ikki jildli
Treatise on Money (
Pulga oid
izohlar)
nomli kitobi ustida ish olib borgach,
Umumiylik nazariyasi
ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari birgalikda
yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga achinish hissi
borligi sababli bu yo‘nalishni tark etdi. U buning o‘rniga oddiy hamda
yangi yo‘nalish, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikka
e’tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo‘lida Keyns neoklassik
monetar tengsizlik yo‘nalishini hamda “klassik nazariya” deb
nomlangan va iqtisodiy g‘oyalar bo‘rttirib ko‘rsatilgan qadimiy klassik
yo‘nalishlarni birlashtirib o‘tdi. Buning natijasida u o‘zining yangi
yo‘nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta’limotning karikaturasini
yaratdi. Keynchilik iqtisodiyoti multiplikatorlik modeli (ba’zida AE/AP
modeli deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil
modellar orqali gavdalantirildi. Bu modellar 1980- yillar mobaynida
makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan
chiqqan qo‘llanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik
iqtisodiyoti o‘z ahamiyatini yo‘qotib borgani sayin zamonaviy
makroiqtisodiyot turli xil yo‘nalishlarda davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |