Tayanch so‘z va iboralar: makroiqtisodiyot, makroiqtiodiy tahlil,
inqiroz, ishsizlik, samarali talab, jamg‘arma, investitsiya, multiplikator,
pulning likvidliligi, likvidlilik, pul massasi, foiz stavkasi
12-mavzu YUZASIDAN XULOSALAR 1929–1933-yillari klassik maktab g‘oyalari tamomila tanazzulga
uchrab, dunyo yangi iqtisodiy g‘oyaga muxtoj edi. Bu davrda bozor
iqtisodiyotini muvozanatli holatini buzadigan insonlarning psixologik
moyilligi bo‘lgan jamg‘arish bilan bog‘liq bo‘lib, aynan shu moyillik
buyuk depressiyani keltirib chiqardi. U iqtisodiy fanni yana qayta ko‘rib
chiqishga majbur qildi. Mana shunday davr, ya’ni XX asrning o‘ttizinchi
yillarida makroiqtisodiy nazariya bo‘lgan Keynschilik ta’limoti iqtisodiy
tarixga kirib keldi. Mazkur bobda biz Keyns ta’limoti hamda
postkeynschilik g‘oyalari bilan tanishamiz.
1929–1933-yillardagi jahon iqisodiy inqirozi avvalgi «sof ta’limot»
nazariyotchilarining fikriga qo‘shimcha kiritishni talab etdi. Iqisodiy
ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi.
Agar avvallari bozor iqtisodiyoti barcha muammolarni avtomatik
ravishda hal qiladi degan g‘oya ustun bo‘lsa, Keyns ularga boshqacha
qarab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Bandlik
foiz, milliy daromad, investitsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilib,
«aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi. Keynschi va
Neokeynschilar
davlatning
iqtisodiyotga
aralashuvini
qo‘llab,
«akselerator koeffitsiyenti»ni qo‘lladilar, unga ko‘ra daromadlarning
investitsiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim
shakllarida indikativ rejalashtirish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ishsizlik
va inflyatsiyani bandlik yo‘li bilan hal etish mumkin degan g‘oya ustun.