Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.3.
 
V.OYKEN “IQTISODIY TIZIM” TIPLARI 
TO‘G‘RISIDA 
 
Valter Oyken (1891–1950) o‘zining “milliy iqtisodiyot asoslari” 
(1947) kitobida xo‘jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini 
(turlarini) ko‘rsatib beradi. Mazkur kitobning “Iqtisodiy tizimlar” 
bobida “xo‘jalikning ideal tiplari” to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. 
Uning mohiyati V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: 
har qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda ko‘p bir xil elementlardan 
tashkil topgan, ya’ni pul, baho, foyda, kapital, 
foiz, mehnat, ish haqi va shu kabilar. Nega 
bo‘lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti 
turlicha? V.Oyken bo‘yicha, buning sababi 
bosh 
elementlarda 
yashiringan. 
Bunday 
elementlar, bir tomondan – bu erkin bozor 
xo‘jaligi, ikkinchi tomondan – markaziy 
boshqaruv xo‘jaligi hisoblanadi. Bu bosh 
elementlar ideal yoki sof xo‘jalik tiplari 
hisoblanadi va 
boshqaruv uslublari bo‘yicha 
bir-biridan farq qiladi
. Birinchi xo‘jalik 
tipida buyruq berishga, o‘z hukmini o‘tkazishga hech kimning haqi yo‘q. 
Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o‘z-
o‘zidan yuzaga kelish holatlari bo‘lmaydi. 
V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday 
ideal xo‘jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun “xo‘jalikning ideal 
tipi” tushunchasi bilan birga, u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan 
“xo‘jalikning real tipi” tushunchasini kiritadi. 
Lekin har xil iqtisodiy tizim xo‘jalikning ideal tipiga intiladi. Bu 
yerda xo‘jalik tiplari nima bilan aniqlanadi degan savol tug‘iladi? 
Buning sababi, V.Oykenning fikricha, mamlakatning 
milliy- 
mintaqaviy xususiyatlariga, ya’ni an’ana, urf-odat, axloq, din, 
madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan 
kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, xo‘jalik tiplari xalqning o‘z 
tanloviga bog‘liq. V.Oykenning fikriga ko‘ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, 
feodal yer egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan, sotsialistik 
iqtisodiyot markazdan boshqariladigan xo‘jalikka intiladi. 


324 
Xalq qancha madaniylashgan bo‘lsa, u shuncha markazlashmagan 
iqtisodiyotni tanlaydi. 
Bunday vaziyatda davlat o‘zini qanday tutishi kerak? 
Neoklassiklar nuqtayi nazariga ko‘ra, bozorni tanlash – tabiiy jarayon, 
chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini – erkin bozor xo‘jaligini tan 
oladi. V. Oyken bo‘yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi 
tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‘jaligi o‘zining amal qilishida hatto ancha 
uzoq tarixiga ega. Shuning uchun, xalqning xo‘jalik tipini tanlashida 
davlat uning istagiga quloq solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda 
yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo‘lmasa, bozorni tashkil 
etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining 
o‘yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol 
komandasini misol tariqasida ko‘rsatadi. Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, 
davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko‘cha 
futbol komandasiga o‘xshatadi. 
Neoliberallar fikriga ko‘ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash 
to‘g‘risidagi ta’limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik 
tizimni ko‘zi bog‘langan, ertami-kechmi o‘raga qulab tushadigan tizim 
sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi deb hisoblangan bo‘lsalar, 
neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‘jaligini iqtisodiyotning tabiiy 
varianti deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib 
chiqqanku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon va b.). Shuning 
uchun neoliberallar fikriga ko‘ra, markaziy-boshqaruv 
xo‘jaligi tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki 
uzoq tarixga ega, o‘zida erkin tadbirkorlik 
unsurlarini, albatta, mujassam- lashtiruvchi 
qonuniyatli jarayon hisoblanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin