340
sababli iqtisodiyot inqiroz degan tushunchaga borligini angladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda shundan so‘ng monopoliyalarni “inqiroz
farzandlari” deb atay boshlashgan.
Demak, XIX asrning oxirida bozor
iqtisodiyoti birinchi marta
monopoliya degan baloga qarshi turdi. U raqobat uchun haqiqiy xavf-
xatar tug‘dirdi, u tufayli monopolistik shakldagi to‘siqlar paydo bo‘ldi.
XIX asrda monopoliya iqtisodiyotda monopollashtirish jarayonining
o‘sishi, va eng achinarlisi ularni tashkil etishda sherikchilik asosida olib
borilishi bilan kechdi. Banklarning roli va ishtiroki, tizimlarining
takomillashuvi,
kapitalning
markazlashtirilishi,
kapitalistik
uyushmalarning shakllanishi bular hammasi
monopoliyaning yangi
ko‘rinishlari bo‘ldi. Ushbu holatlarning barchasi zamonaviy
kapitalizmning rivojlanishida mustaqil ahamiyatga ega edi.
Monopoliyalarni
shakllantirishning
ikki
yo‘li
mavjud:
daromadlarni kapitalizatsiya qilish yoki qo‘shilish va sotib olish yo‘li
bilan. So‘nggi paytlarda oxirgi usulning ustunligi mavjud.
XIX asrda kapitalni to‘planishi va markazlashtirishi usullari,
ommaviy ishlab chiqarish uchun kapitalning samarali yo‘nalishini
ta’minladi. Ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishi, yangi yirik
zavodlar va fabrikalar qurilishi kapitalistik mulkning chegaralarini
keskin kengayishni talab qildi. Umumiy
holda kapitalistik mulkning
hajmini bunday tezkor ravishda kengaytirish yo‘llari oldin ham mavjud
edi, lekin ishlab chiqarish kuchlarining jadal o‘sishi ta’siri ostida ular
yanada kengaydi. Hatto ularning bugungi kungacha ahamiyati bor.
Hozirda ular kapitalistik kompaniyalarning asosiy shakli bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlardir.
Monopoliyalarni rivojlantirishning banklar va boshqa moliyaviy
institutlarning ishtiroki bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va kapitalning
o‘sib borayotgan vaqtda banklarning rolini kengaytirish zarurati vujudga
keldi, u muntazam takomillashib, sanoat
korxonalarini uzoq muddatli
kredit olish uchun mustahkam poydevorga aylandi. Banklar bilan
mustahkam aloqalar iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan taqdirda
korxonalarni bankdan kredit olishga majbur qildi. Oddiy vositachilar
rolini bajargan banklar kuchli monopolistlarga aylantirdi. Bu "ishlab
chiqarish
vositalarini
taqsimlash"ning
rasmiy
shakli
bo‘lgan
monopoliyani yaratdi. Bank faoliyati monopolist kapitali manfaatiga
mos keldi. Bank va sanoat kapitalining birlashishi moliyaviy kapitalni
341
yanada takomillashuviga va moliyaviy oligarxiyaning yuzaga kelishiga
sabab bo‘ldi.
Kapitalning jadal o‘sishi, shuningdek, mustaqil kompaniyalarning
birlashishi, markazlashuvning kuchayishini ta’minlandi.
Kapitalni
markazlashtirishning ushbu shakli ayniqsa AQSHda keng qo‘llanildi.
AQSHda monopolistik birlashmalarning birinchi katta to‘lqinlari XIX
asrning 90-yillarida va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keldi. AQSHda shu
davrda eng yirik kompaniyalar shakllanib, o‘ziga mamlakatdagi butun
sanoatni bo‘ysundirishdi. Jumladan, metallurgiyada – “Standard Oil”,
avtomobilsozlik sohasida – “General Motors” va boshqalar. 1929-33
yillardagi iqtisodiy inqiroz arafasida Qo‘shma Shtatlarda monopolistik
birlashishning ikkinchi yirik to‘lqini paydo bo‘ldi. Alyuminiy sanoatida,
shisha idishlar ishlab chiqarishda monopoliyalar shakllandi. Yevropa
mamlakatlarida esa monopolizatsiyaning boshqa shakllari tashkil topdi.
Bu davrda kartellar va sindikatlarning shakllanishi ayniqsa xarakterli
bo‘ldi. Kartellar monopoliya shakli sifatida
xalqaro maydonda keng
tarqaldi. Bunday kapitalistik uyushmalar eng avvalo bozordagi ishtirok
tizimiga asoslanib trest va konsernlar deb nom olishdi. Ularning boshida
moliya institutlari (banklar, investitsiya kompaniyalari) turdi.
Konsernlarning shakllanishi turli ishlab chiqaruvchilarning
birlashuvi tufayli yuzaga keldi. 1939-45 yilgi Ikkinchi jahon urushidan
keyin ularning vujudga kelishi tasodif emas. Ko‘pgina amerikalik
monopoliyalar sobiq filiallarni o‘z ichiga oldi, ya’ni ishtirokni to‘g‘ridan
to‘g‘ri markaziy nazorat bilan almashtirishdi. Ikkinchi jahon urushidan
keyin monopolistik uyushmalarining yangi shakllari, ya’ni
konglomeratlar tashkil etish jarayoni yuzaga keldi. Qo‘shma Shtatlarda
tashkil topgan konglomeratlarda sanoatning turli xil turlari birlashib,
ular o‘rtasida yagona savdo shartlari tuzildi. Konglomeratlarning
yaratilishi shuningdek XX asrning o‘rtalaridan
boshlab olib borilgan
tadqiqot
va
boshqaruv
birlashmasining
natijasi
hamdir.
Konglomeratlarda an’anaviy kapital bozorini to‘sib turadigan kapital
oqimini bir sanoatdan ikkinchisiga o‘tkazish uchun shart-sharoitlar
mavjuddir.
XX asrning ikkinchi yarmidagi monopoliyalarning muhim
xarakteristikalaridan yana biri – bu ularning nafaqat mamlakat ichki
savdo sohasida, balki xorijiy davlatlarda ham ishlab chiqarish
342
sohalarini o‘zida mujassamlashtirgan filiallarda bo‘ldi. Demak,
monopoliyalar xalqaro maydonga chiqdilar.
Bu milliy monopoliya-
larning transmilliy korporatsiyalarga (TMK) aylantirilishidir. TMK
larning iqtisodiy va moliyaviy kuchi jadal sur’atlar bilan o‘sib bordi:
1980-yillarning o‘rtalarida rivojlangan davlatlarning umumiy yalpi
mahsulotidagi ulushi 1/3 ni, jahon eksportida 40%, texnologik
ayirboshlashda esa 80% ni tashkil etdi. Ba’zi TMKlar yillik aylanmasi
bo‘yicha kichik davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan ham oshdi. Bu
ularning global iqtisodiyotdagi rolini orttirdi.
Monopolistik birlashmalarning barcha turlarini rivojlanishi barqaror
ravishda mamlakatning milliy daromadlari va milliy boyliklarining ko‘p
qismini yirik monopoliyalarning qo‘liga topshirilishiga olib keldi. Bu
1948-yilda ishlab chiqarish aktivlarining 48,3% va 1969-yilda 60,1%
bo‘lgan eng yirik 200 AQSH ishlab chiqarish korporatsiyasining asosiy
kapitallari ulushi to‘g‘risida statistika ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi.
Buyuk Britaniyada ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasidagi 100 yirik firma qo‘lidagi kapital aktivlarining ulushi 1953-
yilda 44 foizdan 1963-yilda jami aktivlarning 62 foizigacha o‘sdi.
Dostları ilə paylaş: