336
odamlar o‘z aktivlarining qancha qismini likvidli shaklida ushlab
turishlari kerak? M.Fridmen bo‘yicha, tovar va xizmatlarni sotib olish
uchun zarur bo‘lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‘lishi mumkin emas,
lekin kassada kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir. Agar kassada
pullari ko‘payib ketsa, odamlar ularni ko‘proq foiz yoki foyda
keltiradigan aktivlarga aylantiradilar.
Agar baholarning (inflyatsiya)
oshishi kutilsa, pulga talab
kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo‘lgan talab
kuchaydi. Pulga bo‘lgan talab foizga ham bog‘liq. Foiz oshganda pulga
talab pasayadi. Lekin pulga bo‘lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki
M.Fridmen bo‘yicha, boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan
pulning me’yorli foydaliligi ham bog‘liq. Uning me’yorli foydaliligi
qancha yuqori bo‘lsa, pul talabi ham ko‘payadi.
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi.
Pul taklifi
ancha o‘zgaruvchan bo‘ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi,
balki tashqi ta’sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank
tomonidan, tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori,
qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‘lgan talab
va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‘ladigan jarayonlar bilan uzviy
bog‘langan.
Pul taklifidagi o‘zgarishlarning YaIM bo‘lgan ta’sirini mone-
taristlar va keynschilar har xil tushuntiradi. Keyns bo‘yicha, pul-kredit
siyosati (pul miqdorining o‘zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u
investitsiyaga va yalpi talabga ta’sir etuvchi
asosiy omil sifatida
qaraladi. Shu bilan birga, u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik
kerakligini qayd qilib o‘tadi. Bundan tashqari, foiz stavkasining
pasayishi investitsion talabning doimo o‘sishini
keltirib chiqarmaydi
(“investitsion tuzog‘i” sababli), pul massasining ko‘payishi esa foiz
stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (“likvidlik
tuzog‘i” sababli).
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular
tovarlarga va investitsiyalarga bo‘lgan talabni pul oqimi (pul miqdori
massasi)ga bog‘lab tushuntiradi. Pul massasining bir oz ko‘payishi tovar
va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining me’yordan
oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi.
337
Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho
mexanizmining amal qilishiga halaqit bermaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: