Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.9.
 
PUL MASSASI VA IQTISODIY SIKLLAR 
 
M. Fridmen, Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo‘shma Shtatlarning 
monetar tarixi (1867–1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar 
yordamida pul massasining kuchayishi bilan iqtisodiy sikl fazalari 
o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatib berdi. U pul massasi o‘sishning 
tezlashuvi yoki sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSH 
ning barcha xo‘jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib 
kelingan, degan xulosaga kelgan. Pul massasining o‘sish sur’atining 
o‘zgarishi ijtimoiy mahsulot o‘sishida o‘zgarish keltirib chiqaradi. Pul 
massasining yuqori o‘sish cho‘qqisi ishlab chiqarishning o‘sishini, pul 
massasining quyi nuqtasi ishlab chiqarishning pasayishini keltirib 
chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy 
hayotga iste’molchilar va firmalar sarf-xarajatlari orqali bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Pul taklifining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar faqat 
miqdor ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va 
mahsulotlar miqdori doimiy bo‘lganda pul taklifining o‘zgarishi bahoga 
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi: pul taklifi kuchayganda uning xarid qobiliyati 
pasayadi, ya’ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko‘payishi YaIM 
ko‘payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi. 
Baholarning o‘zini-o‘zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish 
qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori 
o‘rtasida zaruriy aloqa o‘rnatiladi. 
Pul massasini tartiblash (ko‘paytirish) banklar tizimi orqali 
resurslarning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, 
texnika taraqqiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo‘llab- 
quvvatlashga imkon beradi. 
Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. 
Pul massasi bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muvozanat bo‘lishi zarur. 
Shu bois, M. Fridmen monetar qoidalarni qonun yo‘li bilan belgilash 
taklifi bilan chiqdi, unga ko‘ra real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bir 
yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSH uchun) pul massasining o‘rtacha 
o‘sish sur’ati 3–5 foiz miqdorida belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda 


338 
faollikni keltirib chiqaradi. Agar pul taklifining ko‘payishi yiliga 3–5 
foizdan oshib ketsa, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi, agar 
pulning ko‘payishi 3–5 foizdan past bo‘lsa YaIM o‘sishi pasayadi. 
M. Fridmen fikri bo‘yicha, Buyuk turg‘unlik davri qiyinchiliklari, 
eng avvalo, fedyeral rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul 
miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi yetmaganligi bilan 
bog‘liq (fond bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo‘lishi 
sababli). Pul massasining yetishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, 
real ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu yerda shu narsani aytish 
kerakki, monetaristlarning tanqidi behuda bo‘lgani yo‘q, u keyinchalik 
o‘z foydasini ko‘rsatadi. 1987-yil 19-oktabrda jahon miqyosida fond 
bozori sinishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning 
qat’iy xatti-harakati tezda o‘z samarasini berdi. Rag‘batlantiruvchi pul 
siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi 
sarosimani to‘xtatdi. 
Monetar konsepsiyasining keynschilikdan farqi. 
Yuqorida qayd 
qilib o‘tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o‘rtasida nisbat 
o‘rnatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Pul taklifining o‘sishi (pulning 
o‘sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo‘lishi 
lozim. M. Fridmen fikriga ko‘ra, bunday darajani aniqlash juda 
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. 
Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligini 
aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar 
kechikkan bo‘lishi va ba’zida qarama-qarshi natijalarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba‘zan ishlab chiqarishning o‘sishini 
rag‘batlantirish ko‘zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul 
qilingan qaror o‘sishga to‘sqinlik qiladi. 
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunkturali 
siyosatdan voz kechishi va iqtisodiyotga o‘zoq muddatli ta’sir 
ko‘rsatish, pul massasini asta-sekin ko‘paytirib borish siyosatiga o‘tishi 
kerak. Pul massasi nominal YaIM ga ta’sir ko‘rsatadi. 
Monetar konsepsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq 
qiladi, ba‘zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni 
tartiblash muammosidagi bu ikki yondashuv o‘rtasiga katta chegara 
qo‘yish ham noto‘g‘ri. Har ikkala nazariya, eng avvalo, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har 
ikkala nazariya birbirini o‘zaro to‘ldirib turadi (umumiy daromadni 


339 
aniqlash nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining 
xarajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab berdi, M.Fridmen esa 
daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga
J.M. Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o‘rtasida ayrim farqlar 
mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko‘rinishda aks ettirish 
mumkin: 
 
Monetarizm ham, Keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash 
zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir 
davrda qo‘l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois, iqtisodiy 
vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin