335
Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog‘liqliklarni ancha aniq
tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar,
yo (Q) ishlab chiqarish miqdori o‘zgaradi.
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V), va
ishlab
chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o‘zgarishiga
bog‘liq emas deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko‘ra, ishlab
chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan,
ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa
ishchilarga har yili to‘lanadigan ish haqi miqdoriga o‘xshash omillar
bilan ifodalanadi.
Monetaristlar juda ko‘p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu
haqida yuqorida aytib o‘tildi) pul
taklifi nominal SMM ishlab
chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar.
Dostları ilə paylaş: