325
–
iqtisodchi va yangi xo‘jalik tartibi asoschisi hisoblanadi. 1945-
yilning oxirida Bavariya iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan L.Erxard
Germaniya iqtisodiyoti «jiddiy tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj» deb
ko‘rsatib beradi va real vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri ish
yuritish zarurligini uqtirib o‘tadi.
Uning takidlashicha, bozor iqtisodiyotidan
rejali iqtisodiyotga
o‘tish asosiy muammo hisoblanmaydi, chunki «balanslashuvga moyil
iqtisodiyotdan qaytish oson», ammo «rejali iqtisodiyotni erkin bozor
xo‘jaligiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq», chunki
tabiiy muvozanatdan chetga
chiqqan iqtisodiyotga birdan, o‘tish
davrisiz, erkin bozor imkoniyatlarini yaratib berish qiyin.
Urushdan keyingi Germaniya iqtisodiyoti juda qiyin ahvolga
tushib qolgan. Ishlab chiqarish quvvatining uchdan ikkisi ishlamasdi.
Narxlar muttasil oshib borgan, mamlakatda «qora bozor» hukmronlik
qilgan. Aholining qo‘lidagi pul vositalari milliy mahsulot miqdoridan
deyarli o‘n barobar ortiq bo‘lgan.
Birinchi chora-tadbir 1948-yili iyunda o‘tkazilgan
pul islohoti
bo‘ldi va u bir butun Germaniya iqtisodiyotini isloh qilishda katta rol
o‘ynadi. Yangi nemis markalarini eski, muomaladan chiqarilayot-
ganlari bilan almashtirish birga (yangi marka) o‘n (eski marka) nisbatda
amalga oshirildi. Ish haqi, pensiya, kvartira haqi to‘lash birga bir
nisbatida amalga oshirildi.
Har bir kishi qirq markadan oldi. Almashtirishdan
keyin qolgan
pulning bir qismi maxsus schyotlarda muzlatib qo‘yildi. Bank tizimi
isloh qilindi. Qo‘shimcha ko‘rilgan chora-tadbirlar yangi inflyatsiya
kelib chiqishining oldini oldi: dastlab eski valutani yangi valutaga
almashtirish kursi amalda bir yangi marka o‘n besh eski markani tashkil
etdi. Pirovard natijada pul massasi (naqd mablag‘lar va bank depozitlari)
14 martadan ko‘proq kamaydi.
Islohot puxta tayyorlangan bo‘lib,
u keskin va izchillik bilan
o‘tkazildi. Islohotni tayyorlash va o‘tkazish ikki yilga yaqin davom etdi.
Narx-navoning oshishi taxminan olti oy ichida to‘xtatildi. 1950-yil
boshiga kelib ishlab chiqarish urushdan oldingi darajadan oshib ketdi.
Iqtisodiy islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga sabab nima? Uning
asosiy sababi saqlanib qolingan moddiy bazaning mavjudligi, nisbatan
arzon ishchi kuchi, aholining qondirilmagan talabining ishlab
326
chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatishi bo‘ldi. Moliya va pul-kredit tizimining
barqarorlashuvi muvaffaqiyatga erishishning zarur shart- sharoiti
hisoblandi. Keyin AQSH va G‘arbdagi boshqa rivojlangan
mamlakatlarning moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi
islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga turtki bo‘ldi.
Iqtisodiy yordam
Marshall rejasi bo‘yicha amalga oshirildi, shuningdek, oziq-ovqat,
yoqilg‘i, urug‘lik, o‘g‘it boshqa yo‘llar bilan ham yetkazib turildi.
Germaniya iqtisodiyotiga Amerika transporti va Amerika armiyasining
boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan Yevropa qayta
tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi.
Hukumatning boshqaruv tizimini o‘z
qo‘lida ushlab turishi, o‘z
vaqtida iqtisodiy
kursni o‘zgartira bilishi ham muhim ahamiyat
kasb
etdi.
Garchi
o‘zining
iqtisodiy
liberalizmga moyilligini yashirmagan bo‘lsa
ham, L.Erxard «sof» liberal bo‘lgan emas. U
tanlab olingan yo‘ldan og‘ib ketmaslik uchun
davlat dastaklaridan keng foydalandi.
Davlat qiyinchiliklarni boshidan kechira-
yotgan
tarmoqlarni,
ayniqsa,
toshko‘mir
sanoatini, metallurgiya, elektroenergetikani
qo‘llab-quvvatladi. Investorlarga va tadbirkorlarga
soliq imtiyozlari
yaratib berildi.
L.Erxard va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan islohot,
Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratib berdi. U
iqtisodiy qo‘llanmalarga kiritildi va qarorlarni realizatsiya qilish, qayta
tashkil etish vositalaridan va metodlaridan samarali foydalanish uchun
qulay paytni topish namunasi sifatida qaraladi.
Shu bilan birga, hech bir namuna real shart-sharoitlarni, maxsus
xususiyatlarni hisobga olmagan holda universal
yechim yoki tayyor
sxema vazifasini o‘tashi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: