319
13-
MAVZU. NEOLIBERALIZM G‘OYALARINING MOHIYATI
VA AHAMIYATI
(2 soat)
13.1.
NEOLIBERALIZM KONSEPSIYASI
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli
iqtisodiyotning o‘ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm, iqtisodiy
siyosat
sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo‘jalikni tashkil etishning
ancha qulay shakli deb qaragan.
Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va
foydalanishni
ta’minlaydigan
yagona
tartiblovchi
mexanizm
hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib
turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‘yicha “tungi qaraul”).
XX asrning 30-yillarining o‘rtalariga kelib keyinschilikning
rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‘nalish
inqirozi namoyon bo‘la boshladi. Uning natijasida: bir guruh
iqtisodchilar o‘zlarining qarashlaridan voz kechgan
holda keynschilikka
qo‘shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to‘g‘ri deb hisobladi;
ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri,
o‘rni va roli to‘g‘risidagi o‘zlarining ko‘z qarashlarini himoya qildi va
ularni qayta o‘zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi.
Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyasining asosiy
tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko‘rsatib
berildi, neoliberalizm oqimi
va maktabi shakllantirildi, shuningdek,
mazkur konsep- siyaning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida bir butun
tushunchalar yaratildi.
Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari.
Neoliberalizm, bozor
munosabatlari tizimi xo‘jalik yuritishning ancha samarali shakli
ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‘sish
uchun eng qulay shart-
sharoitlarni
yaratib
berishi
to‘g‘risidagi qoidaga asoslanadi.
Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‘jalik
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi.
Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni
boshqarib
boradigan, lekin o‘yinda ishtirok etishga haqqi bo‘lmagan
hakamga o‘xshatadi.
320
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi
vakillari L.Erxardning – “mumkin bo‘lgan barcha joyda – raqobat,
qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerda – tartiblash” qoidasiga amal qilgan
holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va
iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf
etishning sharti sifatida
tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‘maklash zarurligini
isbotlab berdi.
Neoliberalizmning asosiy belgilari:
–
bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e‘tirof etgach,
neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni
nazorat qilish bo‘yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin
deb hisoblaydi;
–
zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‘llab-
quvvatlaydi;
–
monopoliyani milliy xo‘jalikning har tomonlama rivojlanish
yo‘lidagi to‘siq deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi
monopol moyillik
bilan kurashning zarurligini asoslab beradi;
–
o‘zini keynschilikka va xo‘jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib deb hisoblaydi.
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi
iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g‘oyalariga qarshi,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-
tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon
sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar
amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xaek), Frayburg
(V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin.
“Ordoliberalizm” nima?
Ikkinchi
jahon urushidan keyin
neoliberalizm g‘oyalari, eng avvalo G‘arbiy Germaniya amaliyotida
muvaffaqiyatli qo‘llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm
Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‘sha yili V.Oykenning
muharrirligi ostida xo‘jalik va ijtimoiy tuzum to‘g‘risidagi
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop
etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so‘zi “Tabiiy tuzum ... Erkin
321
bozor xo‘jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm
doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida, hatto “ordoliberalizm” deb atala
boshladi.
Ordoliberal konsepsiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo‘jaligi”
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar
Alfred Myollyer-Armak,
Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va
Lyudvig Erxardlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: