Evsey Domar
(1914–1997) va Oksford universiteti professori
Robert Xarrod
(1890–1978) hisoblanadi.
Ularning
modelida
iqtisodiyotning
doim
(mo‘tadil)
sur’atlarda
o‘sishi
dinamik
barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti
hisoblanadi. Shu holatda ishlab chiqarish
quvvatlari va mehnat
resurslaridan
to‘la
foydalaniladi.
Harrod-Domar
modelining
boshqa
bir
qoidasi
bo‘yicha
ayrim
parametrlar,
chunonchi
daromadlardagi
jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalari uzoq
davr mobaynida doimiy deb tan olinishi lozim.
Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy
o‘sishga erishish avtomatik ravishda
bo‘lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni
170
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. –Т.:
”IQTISOD-MOLIYA”, 2007. 243–244-б.
313
davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini
ta’kidlaydilar.
Domar
va
Harrod
modellaridagi
farq
–boshlang‘ich
yondashuvlardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod modelida
investitsiya va jamg‘armalar tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul
daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) tengligi qabul
qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o‘sishini
ta’minlashda investitsiyalar roli yuqori, ishlab chiqarish quvvatlarining
o‘sishda faoldir deb biladi. Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki,
investitsiya o‘sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo‘lida,
korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashini va ishsizlikning oldini
oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasining so‘zsiz tan olishdir;
chunki Keyns bo‘yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va
jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog‘liq,
aniqroq aytilsa, investitsiyalarning ildam o‘sishi, baholar darajasi
o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxona- larning to‘la
ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar,
urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki
favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak.
Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarini
sotsialistik yonalishi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti
qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sdi, inflyatsiya kuchaydi. Bu ijtimoiy
ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda.
Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish mumkin
deganlarning tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish
inflyatsiyaga olib keladi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida
inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga
imkon berdi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyalari rivojlanishida neokeynschilik,
neoklassik va institutsionalizm yo‘nalishlarini alohida ko‘rsatib o‘tish
muhim. Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli modellari
yaratildi. Amerikalik iqtisodchi olim Robert Solouning iqtisodiy o‘sish
nazariy modeli zamonaviy makroiqtisodiy nazariyani ishlab chiqishda
asos qilib olingan va iqtisodiy tahlilda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Solou modeliga ko‘ra, doimiy texnik taraqqiyot va
314
R.Salou (1924)
resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning belgilovchi
omillari hisoblanadi.
Robert Merton Solou 1924-yilda Bruklinda, Nyu-Yorkda tug‘iladi.
Kambag‘al immigrantlar oilasida Robert to‘ng‘ich farzand bo‘lgan,
undan keyin ikki singlisi dunyoga keladi.
O‘zlari o‘qimaganliklari tufayli ota-onasi
ularni o‘qitishga harakat qilishadi va natijada
uchala farzand ham oliy ma’lumotli bo‘lib
yetishadi.
Solou boshlang‘ich o‘rta maktabda eng
yaxshi o‘quvchilardan biri edi, biroq o‘zining
ta’kidlashicha, yuqori
salohiyat
bilan
boshqalardan deyarli ajralib turmasdi.
O‘rta maktabning oxirgi sinflarida o‘qigan kezlarida o‘qituvchilardan
birining maslahatiga ko‘ra, XIX asr fransuz va rus mumtoz
yozuvchilarining asarlarini yoppasiga o‘qishga kirishadi va bu
mashg‘uloti uni shaxs sifatida shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta maktabni tugatib, Solou tanlov imtihonlaridan muvaffa-
qiyatli o‘tdi va Garvard universitetida ta’lim olish uchun imtiyozli
stipendiyaga ega bo‘ldi. 1940-yilda o‘qishni boshlagan paytida u
sotsiologiya, antropologiya va iqtisodiyotning boshlang‘ich kurslarini
o‘rganadi.
Ikkinchi jahon urushi avj olgan 1942-yilda Solou 18 yoshni
qarshiladi va universitetdagi mashg‘ulotlarini to‘xtatishga majbur
bo‘ldi. U avvaliga AQSH qurolli kuchlarida oddiy askar bo‘lib,
keyinchalik esa biroz muddat Shimoliy Afrika va Sitsiliyada xizmat
qildi. 1945-yilda ingliz-Amerika qo‘shinlari tarkibida
Italiyani
fashistlar istilosidan ozod qilishda ishtirok etdi.
1945-yili Solou harbiy xizmatdan bo‘shaydi va Garvardga
qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. Tahsil davomida iqtisodiyot bilan
qiziqib, V.Leontev qo‘lida saboq oldi, u Solou uchun ustoz va do‘st
bo‘lib qoldi.
Solou 1947-yilda bakalavr, 1948-yilda esa magistr darajasini oladi.
V.
Leontev rahbarligida Solou assistent-tadqiqotchi sifatida faoliyat
yuritadi va uning xarajatlar-ishlab chiqarish modelini tuzishda ishtirok
etadi. Keyinchalik u iqtisodiyotning statistika va ehtimollik modellari
bilan qiziqib qoladi. Biroq Garvardda o‘tilayotgan statistika fanining
315
saviyasi uni qoniqtirmaydi va ijtimoiy munosabatlar bo‘limida
ishlaydigan F. Mostellerning maslahatiga ko‘ra 1949/50 o‘quv yilini
Kolumbiya universitetida aspirant sifatida davom ettiradi. Mazkur o‘quv
yili mobaynida Solou intensiv tarzda olib borilayotgan o‘qishi davomida
doktorlik dissertatsiyasining tezislari ustida ishlaydi. Bu tadqiqotida u
bandlik, ishsizlik va ish haqini belgilab beruvchi mavjud normalarni
qo‘llagan
holda
ish
haqini
taqsimlashdagi
o‘zgarishlarni
modellashtirishga urinib ko‘radi. Bu ilmiy ishi uchun 1951-yili Garvard
universiteti uni Devid Uells mukofoti bilan taqdirlaydi va tadqiqotni
tugatish uchun 500 dollarlik chek topshiriladi. Biroq Robert Solou
noma’lum sabablarga ko‘ra bu tadqiqot ishiga qaytmaydi, tezislari esa
chop etilmay qoladi.
Robert Solou Kolumbiya universitetini tugatgach, Massachusets
texnologiya instituti iqtisodiyot bo‘limida statistika va ekonometrika
bo‘yicha professor assistenti sifatida ma‘ruzalar o‘qiy boshladi. Pol
Samuelson (u ham shu yerda dars bergan) uni o‘ziga ishga taklif etadi.
Deyarlik 40 yil davom etgan bu hamkorlik mobaynida u sof holdagi
iqtisodiyot nazariyalari bilan shug‘ullandi.
Katta hajmdagi tadqiqot ishlarini Solou o‘qituvchilik faoliyati bilan
chambarchas olib bordi. Olimning so‘zlariga qaraganda, agar u
talabalarni o‘qitmaganda, ehtimol 25 foiz ko‘proq ilmiy ish yozgan
bo‘lardi. Biroq Solou o‘z tanlovini qilib bo‘lgan edi va o‘zi aytganidek,
hech qachon bundan afsuslanmagan. Solouning ilmiy qiziqishlari
iqtisodiyotni yaxlit bir butun fan sifatida tahlil qilish bilan bog‘liq. U
umumiy iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va nazariy hamda
amaliy sohalarda ixtisoslashadi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasiga
qo‘shgan asosiy hissasi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqtisodiy
o‘sishning neoklassik modelini yaratganidir.
Robert Solou g‘oyalari yangi keynschilik ta’limotini tanqid qilish
asosida yuzaga keladi. Neokeynschilik nazariyasining bo‘sh g‘oyalari
quyidagicha izohlanadi:
1)
bu modellarda ishlab chiqarishning o‘sishi faqat yangi kapital
qo‘yilmalar funksiyasi sifatida qaraladi, vaholanki, bu o‘sish yangi
ishchi kuchlarini jalb qilish orqali mavjud, ammo jarayon
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish kuchlarini ishga solish bilan ham
ta’minlanishi mumkin;
316
2)
modellarda ishlab chiqarishdagi kapital hajmi o‘zgarmas deb
qabul qilinadi, bu esa ishlab chiqarishda turli kapital hajmlarini tanlab
olishga imkon bermaydi. R.Solou va ingliz olimi J.Mid iqtisodiy
o‘sishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdilar, bunday nomlanish
Alfred Marshallga borib taqaladi. Unga ko‘ra, erkin raqobat saqlangan
holda ishlab chiqarish omillari (kapital, yer, mehnat) egalari chegaraviy
(eng yuqori ) mahsulot olish bilan taqdirlanadilar.
Ishlab chiqarishning asosiy omillaridan to‘la foydalaniladi. Bunga
erkin raqobat mexanizmi imkon yaratadi va omillar narxiga ta’sir etadi.
Masalan, agar kapital qo‘yilmalar sur’ati juda yuqori bo‘lsa, ishlab
chiqarish vositalarining narxi ko‘tariladi. Bu esa ishbilarmonlardan
kapital hajmini kamaytirish yo‘lini axtarishga undaydi, oqibatda kapital
narxi pasayadi.
Bu nazariyada boshqa komponentlar, ya’ni mehnat, tabiiy resurslar,
texnika progressi ham hisobga olinadi. Asosiy xulosa shundan iborat
ediki, uzoq davr oralig‘ida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari
kapital qo‘yilmalar o‘sish sur’atlariga bog‘liq emas. Uzoq muddatli
istiqbolda aynan texnik rivojlanish iqtisodiy o‘sish uchun asosiy zamin
yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish modelini Solou birinchi bor 1956-yilda “Iqtisodiy
o‘sish nazariyasiga hissa” (“A Contribution to the Theory of Economic
Growth”) deb nomlangan maqolada ta’riflaydi. Bu matematik model
bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida aks ettirilgan edi.
Amerikalik mutaxassislarning fikricha, hech bir iqtisodchi olim o‘sish
nazariyasida “mehnatni kapital bilan almashtirish” tushunchasini bu
qadar oddiy va tushunarli qilib ishlatmagan.
Robert Solou Massachusets institutida o‘qituvchilik va ilmiy
faoliyat bilan birga makroiqtisodiy tahlilning turli yo‘nalishlari, shu
jumladan, bandlik muammosi va uning ahamiyati bilan shug‘ullangan.
U zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining yaxlit bir yo‘nalishi bo‘yicha
shuhrat qozongan, zamonamizning salohiyatli va eng bilimdon
olimlaridan biri sifatida tan olinadi. Salou nafaqat iqtisodiyot faniga,
balki turli ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi bilan ham boshqalardan
ajralib turadi. 1950–1987-yillar davomida iqtisodiy jurnallarda,
monografiya va to‘plamlarda chop etgan asarlarining umumiy soni 165
taga etadi.
317
Robert Merton Solou “iqtisodiy o‘sish nazariyasiga qo‘shgan katta
hissasi uchun” 1987-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Taqdirlash
marosimida Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi a’zosi
K.G. Myoller so‘zga chiqib: “Professor Solou tomonidan yaratilgan
model katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o‘zgaruvchan
voqelikni tushunish va tahlil etish mumkin”, degan edi.
Dostları ilə paylaş: |