12.6.
LIKVIDLIK USTUNLIGI, PUL MASSASI VA FOIZ
STAVKASI NAZARIYALARI
Odamlar o‘zida naqd pul bo‘lishini xohlashi tushunchasini
J.M. Keyns
“likvidlik ustunligi”
deb atagan. Agar yangi klassiklarda pul
zaxirasini jamg‘arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo‘yicha esa,
bunday jamg‘arma bo‘lajak xo‘jalik vaziyatini prognozlashtirib
bo‘lmasligi, xo‘jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O‘z
ishlarining yurishmay qolishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik
kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori
likvidlik moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o‘yinda» muayyan
ustunlik berishi mumkin: qimmatli qog‘ozlarning kursi pasayganda
ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi.
Kishilarning o‘z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi,
J.M.Keyns bo‘yicha, quyidagi sabablarga bog‘liq:
–
xarid qilish zarurligi (transaksion motiv);
–
kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan);
–
chayqovchilik sababi (motivi).
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij
varianti tarafdorlari ko‘rsatib o‘tgan. J.M. Keyns bo‘yicha birinchi ikkita
sababdan boshqa, chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo‘lgan talabni
kuchaytiradi.
310
Odamlar qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ularning kursi
pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o‘z qo‘llarida ancha
likvidli mablag‘ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi.
Foiz stavkasi past bo‘lganda qimmatli qog‘ozlar kursi yuqori
bo‘ladi. Foiz stavkasi ko‘tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi.
Demak, chayqovchilik funksiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog‘liq.
Foiz me’yori qancha past bo‘lsa, chayqovchilik motivi bo‘yicha
naqd mablag‘larga talab shuncha yuqori bo‘ladi. Foiz me’yori qancha
yuqori bo‘lsa, naqd pulga talab shuncha past bo‘ladi (yuqorida
ko‘rsatilgan sababga ko‘ra).
Shunday qilib, pulga bo‘lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi:
a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib
chiqadigan funksiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi
funksiyasi):
Dm = f (Y,R)
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi
sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar – jamg‘arma
to‘plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari
bexatar hisoblangan naqd ko‘rinishdagi o‘ziga xos sug‘urta fondi zarur.
Pul massasi va foiz stavkasi.
Keynscha modelda baholar
o‘zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‘payishi ishlab
chiqarish darajasiga baholarning o‘sishi orqali emas, balki foiz stavkasi
orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy jarayonlarga
faqat «to‘g‘ri» ta’sir ko‘rsatish mexanizmini, Viksell – ham «to‘g‘ri»
ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo‘lsalar, J.M.Keyns esa
e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi.
Foiz stavkasi ikkita sababga ko‘ra o‘zgarishi mumkin: yo o‘z
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning
psixologik kayfiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida (pulga bo‘lgan talab egri
chizig‘ining siljishi), yoki pul massasining o‘zgarishi natijasida (pul
taklifi egri chizig‘ining siljishi).
Agar foiz stavkasi R
1
darajada o‘rnatilgan bo‘lsa (13-rasmga
qarang), unda uning R
2
darajaga pasayishi faqat pulga bo‘lgan talab
egri chizig‘i chapga (D
2
) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig‘ining
o‘ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo‘ladi.
311
S
1
S
2
D
2
D
1
R
R
R
1
R
1
R
2
R
2
M
1
M
2
M
I
1
I
2
I
Dostları ilə paylaş: |