309
ko‘rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‘armani chiqarib tashlagandan
keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi.
Daromadlarning
multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‘xtamaguncha shunday davom etib
boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, kishilarning
jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p (shunga
muvofiq MRS
miqdori kam) bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi.
To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki
bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishini
ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‘paymagan
holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi.
Multiplikatsiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o‘sishida
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: