Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

“multiplikator”
dan 
foydalanish zarur. 
12.3.
 
INSONNING PSIXOLOGIK MOYILLIGI 
 
J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko‘ra, inson 
daromadlari oshib borishi bilan iste’mol va jamg‘armani ko‘paytirib 
borishga moyil. Shuning uchun iste’mol va jamg‘armaning milliy 
daromadga bog‘liqligi, ularning nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
nisbat iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillikni tavsiflab beradi. Nega 
“me’yorli”? Chunki gap qo‘shimcha daromad (Y) va uning iste’molga 
(S)
va jamg‘armaga (S) taqsimlanishi to‘g‘risida boradi, shuningdek, 
gap qo‘shimcha (me’yorli) ortib boruvchi iste’mol to‘g‘risida ham 
boradi. «Asosiy psixologik qonun, – deb yozadi J.M. Keyns, – shundan 
iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi bilan o‘z iste’molini 


304 
ko‘paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan 
darajada oshmaydi». 
Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o‘zgarsa, iste’mol 
ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol o‘zgarishi daromad 
o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi. J.M. Keyns iste’mol o‘zgarishi bilan 
ushbu o‘zgarishni keltirib chiqargan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi 
nisbatni iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi 
formula bilan ifodaladi: 
MPC = 

C
 


Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni esa, u 
iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik deb atadi: 
APC = 
C
 

Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, J.M. Keyns o‘z nazariyasida 
iste’molga bo‘lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg‘armaga 
bo‘lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg‘armaga bo‘lgan 
me’yorli moyillik – bu jamg‘arma miqdori o‘zgarishi bilan daromad 
o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatdir: 
MPS = 

S
 


Jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha moyillik esa jamg‘armaning 
umumiy daromadga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi: 
APS = 
S
 

Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, agar umumiy 
daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini 
iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar. Shuning uchun 
jamg‘arma va iste’mol o‘zgarishlari yig‘indisi daromad o‘zgarishiga 
teng, ya’ni: 
unda, 





+





=



+


=


Masalan, daromad 3 ming so‘mga ko‘paydi, bunda iste’mol 2100 
so‘mga, jamg‘arma esa 900 so‘mga ortdi deylik. Unda MRS = 2100 : 
3000 = 0,7, MRS = 900 : 3000 = 0,3. Bu qo‘shimcha har bir so‘mlik 
daromadning 70 tiyini iste’molga, 30 tiyini esa jamg‘armaga 
sarflanayotganini birdiradi. 


305 
Daromadlarning ko‘payib borishi bilan iste’molning ham,


306 
jamg‘armaning ham umumiy miqdori ko‘payib boradi, lekin 
iste’molning nisbiy hissasi kamayib boradi, jamg‘armaning hissasi esa 
oshib boradi. Masalan, MRS + MRS = 0,7 + 0,3 = 1; bir oz vaqt 
o‘tgandan keyin 0,6 + 0,4 = 1 keltirib chiqarishi mumkin. J.M. Keyns 
daromadlar ko‘payib borishi bilan iste’mol xarajatlari hissasining 
nisbatan pasayib borishini inson xatti-harakatidagi sabablarga bog‘lab 
tushuntiradi. Bunday sabablar hammasi bo‘lib – xasislik, ehtiyotkorlik, 
tejab-tergab sarflash va b. Natijada, iste’molga bo‘lgan me’yorli 
moyillik jamiyatda pasayib boradi. Iste’mol talabi aynan o‘sha me’yorli 
moyillikka bog‘liq. Ko‘payib borayotgan jamg‘arma miqdorining 
investitsiya tovarlariga bo‘lgan talabga aylanishi qiyinlashadi. 
Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M. Keynsning 
tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar – davlat (ishlab chiqarish 
vositalariga va yangi investitsiyalarga bo‘lgan 
iste’mol talabni 
rag‘batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini oldindan belgilab 
beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin