Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.5.
 
IJTIMOIY BOZOR XO‘JALIGI KONSEPSIYASI 
 
“Ijtimoiy bozor xo‘jaligi” atamasini birinchi bor Kyoln univer- 
siteti qoshidagi iqtisodiy siyosat instituti direktori Alfred Myoller- 
Armak o‘zining “Iqtisodiyotni tartiblash va bozor xo‘jaligi” (1947) 
Alfred Myoller-Armak 
(1901–1978) 


327 
asarida ishlatgan. Myoller-Armak “ijtimoiy tenglik” prinsipi bo‘yicha 
“bozor erkinligi” printsipini va adolatli taqsimlashni birga qo‘shib olib 
borish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda raqobat kurashi natijasida 
qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yuqori unumdorlik natijalari, ijtimoiy-
siyosiy tadbirlar yordamida ham qo‘lga kiritilishi mumkinligi 
to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi bo‘yicha 
tadqiqotlar V. Repke, L. Erxard, V. Oyken va boshqalar tomonidan 
davom ettirildi. 
Ijtimoiy bozor xo‘jaligi modelining keng tarqalishiga asosiy sabab, 
yuqori o‘sish sur’atini ta’minlagan Erxardning samarali iqtisodiy 
siyosati hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR da olib 
borilgan bu siyosat o‘rtacha yo‘l atalmish siyosat hisoblanardi. U 
ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatishga, tadbirkorlikni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlashga, aholining o‘rtacha qatlamining turmush sharoitini 
yaxshilash uchun sharoit yaratib berishga yo‘naltirilgan. 
V.Repke tavsifiga ko‘ra “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” – bu “iqtisodiy 
insonparvarlik” tomon qo‘yilgan qadam. U o‘zining “insonparvarlik 
jamiyati” kitobida yozishicha, xo‘jalik yuritishning bu shakli 
kollektivizmga – personalizmni, hokimiyatning to‘planuviga – 
erkinlikni, markazlashuvga – markazlashmagan tizimni, tashkil etishga 

o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishni qarshi qo‘yadi. V.Repkening fikriga 
qo‘shilgan holda, L.Erxard xristian-demokratik ittifoqi (XDI) syezdida 
(1957 y.) GFRda “ijtimoiy bozor xo‘jaligining” ikkinchi bosqichi 
boshlanganligini tasdiqlab o‘tadi. Sal keyinroq 60-yillarning boshida o‘z 
nashrlarining birida L.Erxard aynan “erkin musobaqa, eng avvalo, 
ijtimoiy bozor xo‘jaligining asosiy unsuri hisoblanadi”, deb qayd qilib 
o‘tadi. 1965-yili XDI ning navbatdagi majlisida esa, L.Erxard GFRda 
“ijtimoiy bozor xo‘jaligini” yaratish dasturi tugallanganini, u 
mamlakatni “shakllangan jamiyatga” aylantirgani to‘g‘risida e’lon 
qiladi. 
“Shakllangan jamiyat” doktrinasi L.Erxard va uning maslak- 
doshlarining fikriga ko‘ra, bu “ijtimoiy bozor xo‘jaligini” yaratish orqali 
erishish mumkin bo‘lgan eng qulay “tabiiy iqtisodiy tartib”ni topish. 
Unda ijtimoiy tuzum va ishlab chiqarish munosabatlarining beshta 
formasi (tipi) va sinfiy antagonizm to‘g‘risidagi marksistik g‘oyalar 
qat’iyan inkor etiladi. Mazkur doktrina V.Oykenning kishilik 


328 
jamiyatiga faqat “markaziy boshqaruv” va “erkin bozor xo‘jaligi” tiplari 
xos degan qoidaga asoslanadi. 
Ijtimoiy bozor xo‘jaligida davlatning roli. 
Raqobat sharoitlari 
avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart-sharoitlarning 
bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, Oykenning tasdiqlashicha, o‘z- 
o‘zidan o‘rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o‘zi keltirib chiqarmaydi. 
Uni davlat o‘rnatadi. 
Iqtisodiy siyosat printsiplarini asoslab bergach, V.Oyken, davlat 
xo‘jalik – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligini, balki amal 
qilish qoidalarini o‘rnatishi va ularni hayotga tatbiq etishi kerakligini 
ko‘rsatib o‘tadi. Davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri tartiblash yo‘li bilan hal qilib 
bo‘lmaydigan vazifalarini, iqtisodiyotga doimo aralashishni o‘z 
zimmasiga olmasligi kerak. 
Bu yerda asosiy narsa, L.Erxard qayd qilib o‘tganidek, davlatning 
iqtisodiy faoliyati bilan xususiy tadbirkorlik o‘rtasida optimal nisbatni 
topishdir. Davlatning azaliy va bosh vazifasi fuqarolarga erkin amal 
qilish huquqini beruvchi qoidalarni ishlab chiqish. Davlatning roli, 
Repke-Erxard obrazli qilib ko‘rsatib berganidek, futbor maydonidagi 
hakamga o‘xshaydi, u o‘yinchilar muayyan qoidaga amal qilyaptimi, 
yo‘qmi kuzatib boradi, lekin o‘zi bevosita o‘yinda ishtirok etishga haqi 
yo‘q. Boshqacha aytganda, davlat “ijtimoiy bozor xo‘jaligining” amal 
qilish shart-sharoitlarini qo‘llab-quvvatlab turishi uchun, erkin raqobat 
“qoidalarini” kuzatib turishi, narxning tashkil topish shart-sharoitlarini 
nazorat qilib turishi, monopol narxlarning o‘rnatilishining oldini olishi, 
xususiy mulk muhofazasini kafolatlashi kerak. 
Neoliberalizmning “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” modeli barcha 
fuqarolarining ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda, farovonligini 
oshirishda ularga teng huquq va teng imkoniyatlarni yaratib berish 
bo‘yicha davlatning faol ijtimoiy funksiyasi g‘oyasiga asoslanadi. 
Bunda nafaqat jamiyatdagi turli qatlamlar o‘rtasida aksionerlar sonining 
oshishi, balki barcha ijtimoiy institutlarning yuksak barqarorligi, 
mehnatkashlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va boshqalar nazarda 
tutiladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat. Raqobatning ijtimoiy roli. 
Ijtimoiy 
bozor xo‘jaligida uyg‘un iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amal qiladi. 
Ijtimoiy siyosatni qolgan barcha iqtisodiy siyosatning oddiy ilovasi 
sifatida qarash kerak emas, deb yozadi V.Oyken. Bu siyosat, eng 


329 
avvalo, iqtisodiy tartib siyosati bo‘lishi kerak. O‘z fikrini ifodalab, u 
ijtimoiy nuqtayi nazardan kerakli bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q, deb 
ta’kidlab o‘tadi. “Iqtisodiy siyosatning hech bir chora-tadbirlari yo‘qki, 
ular birdaniga bevosita yoki bilvosita ijtimoiy oqibatlarni keltirib 
chiqarmagan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan bo‘lsin”. 
Iqtisodiy siyosatning vazifalari yuksak darajada faol va ular boshqa 
omillar bilan bir qatorda iqtisodiy hayotda aniqlovchi omil bo‘lishi 
kerak. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sib borishi bilan birga ijtimoiy 
siyosat (bozor iqtisodiyotining shart-sharoitlari va xususiyatlariga 
muvofiq) ish bilan bandlikni ta’minlash, mintaqalarda daromadlar 
tengsizligini tugatish, ancha yuqori ijtimoiy ta’minot, ishchilarning 
korxonalarni boshqarishda qatnashish tartibini takomillashtirish va 
boshqa muammolarni ilgari surdi. 
Tartib tizimini takomillashtirish sifatida raqobat har tomonlama 
rivojlantirib boriladi. Raqobatni rivojlantirish muayyan institutsional 
shart-sharoitlarning bo‘lishini taqozo etadi. Bu shartlar monopolizm 
bilan kurashish, mayda va o‘rta tadbirkorlikka ko‘maklashish, har bir 
kishiga o‘z qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun 
sharoitlarni yaratib berish orqali qo‘llab-quvvatlab turiladi. 
Raqobat iqtisodiy o‘sishga, mehnat unumdorligini oshirishga, 
texnika taraqqiyotiga olib keladi. Raqobat u mustaqil xo‘jalik yuritish 
vositasi, turli sohalarda optimal yechimlarini topishga rag‘batlan- 
tiruvchi kuch, kundalik turmush va dam olishni tashkil etish shakli 
sifatida ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. 
Klassik maktab va keyingi avlod vakillari “iqtisodiy jarayonlar 
“siyosiy” iqtisod sohasida kechishini, u boshqa, shu jumladan, siyosiy 
omillar ta’siriga uchrashini” unchalik hisobga olmagan, unga yetarlicha 
baholamagan. 
Hozirgi davrda iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi 
tasavvur butunlay o‘zgargan. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi uchun, L.Erxard 
fikriga ko‘ra, “bozorda mutanosiblikni ushlab turishda nafaqat texnik, 
avtomatik mexanizmlar, balki ma’naviy, axloqiy tushunchalar ham 
muayyan ahamiyatga ega. Faqat erkin shakllanadigan baho orqali talab 
va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turish ijtimoiy tuzumni oqlash 
yoki uning g‘oyaviy boyligini to‘ldirish uchun yetarli emas”. 


330 
Germaniya iqtisodiyoti rahbarlari o‘zlari olib borayotgan yo‘lning 
to‘g‘ri ekanligini asoslab berish uchun, shu jumladan neoliberallarning 
konsepsiya va takliflariga umuman mos kelmaydigan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish uchun ijtimoiy bozor xo‘jaligining g‘oya va shiorlaridan 
keng va mohirona foydalandilar. 
Hozirgi davrda Germaniyada ijtimoiy siyosatning quyidagi 
maqsadlari rasman shakllanmoqda: 
1)
ijtimoiy adolatni ta’minlash: yaratilgan boyliklarni jamiyat 
a’zolari o‘rtasida adolatli taqsimlash; 
2)
ijtimoiy himoya, ya’ni aholini ishsizlik, kasallik, baxtsiz voqea 
kabi ijtimoiy xatarlardan saqlash; 
3)
barcha ijtimoiy guruhlarning amal qilib turgan (ijtimoiy) 
tartibning bilan hamjihatligiga erishish. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin