345
13-mavzu YUZASIDAN XULOSALAR
Keynschilik bilan barobar shakllangan nazariyalardan yana biri
neoliberalizm
nazariyasidir.
Keynschilik
ta’limoti
davlatning
iqtisodiyotga faol aralashuvini oqlagan bo‘lsa, neoliberalizm esa liberal
g‘oya bilan davlatning uyg‘un holatda iqtisodiyotga aralashishini oqlagan
oqimdir. Mazkur g‘oyalar hozirda ko‘p davlatlarda ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishiga sababchi bo‘lgan deb aytsak bo‘ladi.
Mazkur bobda biz neoliberalizmning Chikago (M.Fridman),
London
(F.Xaek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini yoritib o‘tamiz.
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat
«sport sudyasi» vazifasini bajarishi, ya’ni
erkin iqtisodiyot qonun-
qoidalarini tartibga solishi kerak xolos. Bu yo‘nalishning yirik uch markazi
Germaniya, AKD1 va Angliya paydo bo‘ldi. Germaniya ijtimoiy bozor
xo‘jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat
iqdisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda,
xususan, mustaqil Uzbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo‘lgan monetarizm maktabi M.
Fridman nomi bilan
mashhur bo‘ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning
qattiqqo‘l pul siyosatidir, har yili konyunkturaga bog‘lanmagan holda pul
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo‘l AKD1da yaxshi natija berdi.
Dostları ilə paylaş: