Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

P.Samuelsonning 
“Ekonomiks” 
asari. 
Pol 
Samuelson 
“Ekonomiks” asari ikki qismga bo‘lingan: Birinchi qismda iqtisodchi- 
larning iqtisodiyot nazariyalari sharhi. Bunda qadimgi davrdan to 
hozirgi davrgacha bo‘lgan iqtisodiyot g‘oyalari yoritilgan. Ikkinchi 
qismda esa o‘zining shaxsiy iqtisodiy qarashlari. 
“Ekonomiks” asarining birinchi qismida iqtisodiy tarixni sof va 
tizimli tahlilini amalga oshirgan. Jumladan, uningcha iqtisodiyotning 
vujudga kelishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Zamonlar osha 
iqtisodiy evolyutsiya yuzaga kelgan, u sekin-asta murakkablashib 
hozirgi zamon ko‘rinishiga kelgan. Boshqa iqtisodchilarga qaraganda 
Samuelson o‘z iqtisodiy nazariyasini logik mazmunga egaligini tan oladi. 
Samuelson biror-bir nazariyaga ustunroq qaramaydi, balki amaliy 
yechimlarda barchasini birgalikda ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lgan. 
Samuelson “Ekonomiks”ning ikkinchi qismda zamonaviy jahon 
iqtisodiyotini tahlilini amalga oshirdi. Iqtisodiyotni tartibga solishdagi 
to‘sqinlik qiluvchi muammolari sifatida quyidagilarni keltiradi: 
inflyatsiya (uni o‘sish darajasini pasaytirish lozim); ishsizlik (uni ham 
o‘sish darajasini pasaytirish lozim); iqtisodiy taraqqiyotning 
muvozanatli va tezlashtirgan rivojlanishiga erishish. Ularning yechimi 
bo‘yicha barcha ishlab chiqilgan g‘oyalarni – monetarizmdan 
keynschilikka qadar ko‘rib o‘tish lozim deb hisoblaydi. U g‘oylarni 
sintez qilish lozimligini aytadi, chunki ularni alohida alohida ishlashi 
hech qanday natija bermasligini aytadi. Samuelson tahlilda keng 
miqyosda turli usullarni: fiskaldan tortib siyosiy usulgacha qo‘llash 
lozimligini aytadi. Bunda eng asosiysi inflyatsiya oqibatlarini 
kamaytirish, qayta ishlab chiqarish inqirozini va ishsizlik oqibatlarini 
pasaytirishni amalga oshirish lozimligini aytadi. Demak, u barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi tarafdori bo‘lgan. Mikro va makroiqtisodiyot 


352 
qo‘shilmasi iqtisodiyot tizimini butunligini ta’minlaydi degan. Faqat 
ularning birgalikdagi tahlili kechayotgan iqtisodiy jarayonlarga javob 
bo‘la oladi, deb hisoblagan. Iqtisodiyot o‘z o‘zini tartiblovchi tizim 
ekanligiga qaramasdan, davlat aralashuvi zarurligini aytadi. 
“Ekonomiks” asarining xulosa qismida iqtisodiyotni fan sifatida 
rivojlantirish lozimligini aytadi. Asosiy maqsad xalq farovonligini 
ta’minlash deb belgilangan. Ilmiy-texnik taraqqiyot va fan-texnika 
inqilobining yuz berishi, hayot darajasini ko‘tarilishi va o‘lim 
darajasining 
kamayishi 
iqtisodiyotning 
maqsadidir 
deydi. 
P.Samuelsonning asosiy yutug‘i uni turli iqtisodiy nazariyalarni 
birlashtirgani va neoklassik tahlil nazariyasini fanga kiritgani 
hisoblanadi. Bu bilan u zamonaviy iqtisodiyotga baza yaratdi
178


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin