350
14.3.
P.SAMUELSONNING IQTISODIY G‘OYALARI VA
“NEOKLASSIK SINTEZ” KONSEPSIYASI. “EKONOMIKS”
ASARI
Pol Entoni Samuelson
(1915–2009) – Amerika iqtisodchisi,
iqtisodiy fanlar sohasida tahlil qilishning umumiy darajasini
rivojlantirish qaratilgan statik va dinamik
iqtisodiy nazariyani ishlab
chiqish bo‘yicha iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti (1970) lauriyati
177
.
U
1948-yilda
nashr
etilgan
“Iqtisodiyot: kirish tahlili” deb nomlangan
eng mashhur kitobning muallifi. Bu asar
keynsianizm tamoyillarini
tushuntiruvchi
ikkinchi Amerika kitobi edi. Hozirgi kunga
qadar bu kitob 19 marta nashrdan chiqib,
butun dunyo bo‘ylab sotuvlar soni 4 million
nusxaga etdi, kitob 40 tilga tarjima qilindi.
Massachusets Texnologiyalar Institutining
iqtisod professori Jeyms Poterbaruenning
ta’kidlashicha, Samuelson
o‘zining kitoblari bilan zamonaviy
iqtisod nazariyasida buyuk
tadqiqotchi va pedagog sifatida "katta meros qoldirdi".
Pol Samuelson Indiana Shtatining Gari shahridagi po‘lat temir
shaharchasida, yahudiy immigrantlardan bo‘lgan polshalik dorixonachi
Frank Samuelson va Pola Ella Lipton oilasida tug‘ilgan. 1935-yilda
Chikago universitetida o‘qib, bakalavr darajasini oldi. 1936-yilda
magistr darajasiga, 1941-yilda esa Garvard
universitetida doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi. Massachusetts Texnologiya Instituti professori
bo‘lib ishladi. 1948-yilda u Guggenheim stipendiyasini oldi. 1960-
yillarda u prezident J.Kennedi va L.Jonsonning iqtisodiy maslahatchisi
bo‘lib ishladi.
1965-68-yillar xalqaro iqtisodiy assotsiatsiya prezidenti. 1952-yili
ekonometrik jamiyatning prezidenti. 1960-yili Britaniya akademi-
yasining a’zosi. 1961-yil Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti.
1947-yili J. B. Klark, 1996-yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy
medallari bilan taqdirlangan.
177
Winners of the Nobel Prize
for Economics
. Encyclopædia Britannica.
Pol Entoni Samuelson (1915–2009)
351
2009-yil 13-dekabrda Massachusets Shtatidagi Belmont shahrida
o‘z uyda olamdan o‘tdi.
“Neoklassik sintez” (neoklassik mikroekonomika va keynesianlik
makroiqtisodiyotni bir-biriga birlashtirishi natijasida vujudga kelgan)
va neo-keyneschilik yo‘nalishlarining asoschilaridan biri hisoblanadi.
1961-yilda Samuelson 1984-yildan 1997-yilgacha
Sovet Ittifoqi
iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlaridan o‘zib
ketishini taxmin qilgandi (prognoz oqlanmadi).
Dostları ilə paylaş: