Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Neoklassik sintez 
(neoklassik sintez) – neoklassik va Keynes 
maktablarining nazariy qarashlarini birlashtirgan iqtisodiyotdagi ilmiy 
yo‘nalish. Sintezning mikroekonomik tarkibiy qismi neoklassik ta’limga 
asoslansa va makroiqtisodiy konsepsiya J.M. Keynnesning g‘oyalariga 
tayanadi. Bu yo‘nalish XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi va 
hozirgi vaqtda iqtisodiy yo‘nalishlarda dominant rolga egadir. 
Neoklassik sintez nazariyasi dualistik yondashuv sifatida, ya’ni 
neoklassik mikroanaliz va Keyns makroanalizi tamoyillari qo‘shilmasi 
deb qaraladi. Mikrotahlilda erkin raqobatli bozorda iste’molchi hal 
qiluvchi rol o‘ynashi tan oladi. Bundan tashqari, mikroanalizda 
narxlarning moslashuvchanligiga yo‘l qo‘yiladi. 
Yakka tartibda bu nazariyalar bir-biriga zid edi: neoklassiklar bozor 
iqtisodiyoti resurslarni to‘g‘ri taqsimlanishiga sababchi bo‘ladi desa, 
Keyns, 
davlat 
tartibga 
solmagan 
bozor 
resurslari 
optimal 
taqsimlanmaydi yoki to‘la ish bilan bandlikni ta’minlay olmaydi, deydi. 
Biroq, qarama-qarshi nazariyalar (Keyns va neoklassik nazariya) 
maktabining har biri mahorati bo‘yicha juda istiqbolli edi. Neoklassik 
nazariya aniq bir tizimga ega bilimlar manbai, Keynschilik nazariyasi 
esa inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun retseptlarga boy maktab 
bo‘lgan. 
Neoklassik sintezga ko‘ra, ish bilan to‘liq band bo‘lmaslikning 
asosiy sababi ish haqining moslashuvchan emasligidir. To‘liq bandlikni 
178
А.Н.Кошелев. Краткий курс по истории экономических учений: учебное пособие. М.: 
Издательство «Окей-книга», 2008. Стр.138-140. 


353 
ta’minlashga erishish uchun ish haqi miqdorini tadbirkorlar yollashi 
mumkin bo‘lgan darajagacha tushirish kerak. Bunda narxlarni oshirish, 
nominal ish haqini oshirish va real ish haqini pasaytirish orqali erishish 
mumkin. Biroq, bunday ssenariyni amalga oshirish faqat xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar tomonidan nomutanosiblik va haqiqiy qiymatlar 
o‘rtasidagi farqni ajratmagan holda, ratsionallik va xabardorlik 
prinsipiga zid kelmagan hollardagina qo‘llash mumkin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin