Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

14.5.
 
IQTISODIY TARAQQIYOTNING TO‘RT G‘ILDIRAGI 
 
Nima uchun ayrim mamlakatlar kambag‘alligicha qolmoqda
boshqalari esa boyib bormoqda? Bu savolga javobni biz asosan davlat 
tomonidan qabul qilingan dasturlar, millionlab odamlarning turmush 
darajasi orqali qidiramiz. Bu savol logik xarakterga ega. Ba’zi 
kuzatishlar bilan boshlaylik. Agar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning 
traektoriyalarini qarasangiz, ular ikki omilda bir-biridan farq qilganligini 
ko‘rasiz. Birinchisi, o‘sish sur’ati. 
Ikkinchisi, islohotlarning 
o‘zgaruvchanligi, hajmi va miqdori. Iqtisodiy o‘sish ikkala omilga 
chambarchas bog‘liq. Bu yerda iqtisodiy o‘sish uchun mas’ul bo‘lgan 
ikki asosiy kuchni ajratish kerak. Birinchisi, deyarli har doim 
ishlaydigan tizimli kuchlardir. Ikkinchisi esa vaqti-vaqti bilan ro‘y 
bergan shok yoki inqiroz, ular orasidagi vaqt oralig‘i turlicha bo‘lishi 
mumkin, turli davrlar va muddatlarda sodir bo‘lishi mumkin. Shu bilan 
birga, ular iqtisodiy o‘sish sur’atlarini kamaytiradigan holda ham 
bo‘lishi mumkin. 
Tizimli kuchlaridan boshlaylik. Potensial, universal va uzoq 
muddatli o‘sish impulsi bu innovatsiyalardir. Tizimli innovatsiyalarsiz 
uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi. Tizimli innovatsiyalarning 
boshlanishi Buyuk Britaniyada 300 yil oldin – iqtisodiy o‘sishning 
boshlanishida qayd etildi. Lekin nima sababdan ayrim mamlakatlar 
alohida innovatsiyalar bilan ajralib turadi, boshqalari esa iqtisodda 
innovatsiyalarga murojaat qilmaydi? Bu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar 
olib borildi va bizga umumiy xulosalar chiqarishga yordam berdi. 
Iqtisodiyotni Rossiya, Polsha, Xitoy iqtisodiyoti deb ajratish 
mumkin emas. Chunki u inson tabiati bilan bog‘liq. Va u ko‘pgina asosiy 
jarayon, hodisa va tushunchalarda mavjud. Iqtisodiyotni, uni 
taraqqiyotini ta’minlovchi to‘rtta asosiy omilni ko‘rib chiqamiz. 


357 
Birinchisi. Iqtisodiyotning yuksak va innovatsion bo‘lishi uchun 
barcha zarur shart-sharoitlarning mavjudligi. Ular, shuningdek, iqtisodiy 
o‘sish uzoq va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi lozim. Agar iqtisodiyot 
ma’muriy-buyruqbozli bo‘lsa, unda ko‘p foydali natijalarni kutmang. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimga ega davlatda juda ko‘p davlat 
korxonalari bo‘ladi va ular faoliyati samarasizdir. Ularga juda katta 
miqdorda mablag‘ ajratiladi va lekin natija nolga teng. Shu sababli, eng 
avvalo, bu iqtisodiyotda yaratilgan shart-sharoitdir. 
Ikkinchisi. Xususiy mulkni yuqori darajada muhofaza qilinishi 
kerak, chunki investorlar yomon himoyalangan mulklarga sarmoya 
kiritmaydilar. Ushbu himoya teng sharoitga ega bo‘lgan raqobatli 
bozorda bo‘lishi kerak. Agar tenglik bo‘lmasa, va yuqori himoyalangan 
mulk egalari mavjud bo‘lmasa, monopoliya yuzaga keladi va samarali 
faoliyat yuritadigan xususiy mulk tizimi bo‘lmaydi. 
Shu sababli – xususiy mulk kerak. Ammo bu yetarli emas, shu bilan 
birga raqobat ham kerak. Agar bozor munosabatlari sharoitida ziyon 
ko‘rganlar subsidiyalansa, unda samarali iqtisod bo‘lmaydi. Shu sababli, 
uchinchi omil – raqobat juda muhimdir. 
To‘rtinchisi: davlatning moliyaviy holati. Agar davlatda katta 
xarajatlar bo‘lsa, va YaIM yuqori soliqlarni talab qilsa, unda 
investitsiyalar bundan aziyat chekadi. Shu sababli, iqtisodiyotning 
innovatsion bo‘lishi uchun kamida yuqoridagi shartlar bajarilishi kerak. 
Bu uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy omili. Agar ushbu 
shartlarning faqat bittasi kuzatilsa, u iqtisodiyotning innovatsiyalanish 
holatini cheklaydi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun barcha asosiy shartlar 
bo‘lishi kerak. Bu xuddi iqtisodiyotning to‘rt g‘ildiragi kabi. Birini yo‘q 
bo‘lishi mashinani (iqtisodiyotni) izdan chiqaradi. 
Iqtisodiy barqarorlik siyosiy tizimning shakli bilan chambarchas 
bog‘liq. Bu eng asosiy tamoyil. Agar bu shart mavjud bo‘lmasa, ya’ni 
agar siyosiy kuch cheklanilgan bo‘lsa va nazorat ostida bo‘lsa, siz eng 
yomon holatlarni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, fiskal tizimning 
cheklovlari nima? Bu juda muhim siyosiy institutsional masaladir. Bu 
yerda birinchi darajada nima talab qilinadi? Albatta institutsional 
himoya chora-tadbirlar. Va, ehtimol, eng asosiysi mustaqil markaziy 
bank tizimidir. 
Milliy banklar, xuddi AQSHda bo‘lgani kabi, katta xatolarga yo‘l 
qo‘yishi mumkin. Ammo siyosiylashgan markaziy bank undan ham 


358 
yomon. Milliy bank, markaziy bank bunday holatda zaif va kuchsizdir. 
Bank mustaqil va o‘z ishida professional bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun iqtisodiyot uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishi 
uchun siyosiy bo‘lishi mumkin bo‘lmaydigan muayyan shartlarga rioya 
qilishi lozim. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin