Tayanch so‘z va iboralar: ishsizlik, inflyatsiya, inqiroz, neoklassik
sintez,
monetarizm,
keynschilik,
institutsionalizm,
iqtisodiy
taraqqiyotning “to‘rt g‘ildiragi”.
14-mavzu YUZASIDAN XULOSALAR Zamonaviy iqtisod o‘zining “Ekonomiks” fani yo‘nalishi,
“neoklassik sintez” konsepsiyalarini tahlili, iqtisodiy taraqqiyot
yo‘nalishlarini belgilash bilan ajralib turadi. Zamonaviy iqtisodchi o‘z
nazariyalarini iqtisodiyotdagi inqiroz, inflyatsiya va ishsizlik kabi
muammolarni tadqiq etishga qaratishgan. Ular ichida keynschilik,
monetarizm va institutsionalizm g‘oyalarining qorishmasi uchrab turadi.
Shu sababli bu bobda biz P.Samuelson kabi iqtisodiy taraqqiyot
g‘oyalarini ko‘rib o‘tamiz.
Eng so‘nggi davrdagi iqdisodiy ta’limotlarda neoklassik sintez
yetakchi bo‘lib qoldi, bu yangi yo‘nalish, odatda, amerikalik
P.Samuelson va uning «Ekonomiks» kitobidagi g‘oyalar bilan bog‘liq.
Shunga ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bu kitobning boshqa mualliflar
tomonidan chiqarilgan variantlari ham mavjud bolib, ularda ham aynan
shu masalalar tahlil etiladi. Yangi qarashdagi o‘ziga xos asosiy xususiyat
shuki, unda avvalgi davrda paydo bo‘lgan iqdisodiy g‘oya, nazariya va
ta’limotlar har tomonlama o‘rganilib, ularning barchasidagi ratsional
fikrlar jamlanadi, bunda eng asosiy maqsad «foyda maksimumga
erishganda, optimal hajm qancha bo‘lishi kerakligi» tahlil etiladi. Buni
boshqacha talqin etiladigan bo‘linsa, «cheklangan resusrlardan
foydalanilib, doimo o‘sib boruvchi ehtiyojlarni to‘laroq qondirish»
masalasi ko‘rib chiqladi.
Neoklassik sintezda keynschilik neoklassik neoliberal g‘oyalarning
ijodiy
qorishmasidan
foydalaniladi.
Ayniqsa,
iqdisodiyotga
ekonometrika uslublari tobora chuqur kirib bormoqda. Ekonometrika
uslublari barcha iqdisodiy ta’limot yo‘nalishlari tomonidan amaliyotda
359
keng qo‘llanilmoqda. Bu borada Respublikamizda ham yaxshi natija
to‘plangan.
chi?