185
mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘ladi
va sarflangan
mehnatning miqdori bahoning yagona o‘lchovi hisoblanadi”.
Keyinchalik, kapital jamg‘arilib borgan sari vaziyat o‘zgarib
boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo‘linadi: bir qismi ish haqiga,
ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni
ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga
qarashli bo‘lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo‘ladi.
Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab
chiqarish uchun sarflangan
mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo‘la
olmaydi.
A.Smitning fikri bo‘yicha, «tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday
bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat,
kapital va yer uchun
to‘lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy
me’yorlar mintaqalar bo‘yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga,
geografik
va tabiiy sharoitlarga, o‘rtacha xarajatlar darajasiga va
boshqalarga qarab o‘rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil
narx» konsepsiyasiga o‘xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi
shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan
ongli ravishda
o‘rnatiladi, A.Smit bo‘yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi –
obyektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir.
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Ushbu tebranish
tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo‘lsa, bozor
bahosi xarajatlardan past bo‘lgan bo‘ladi
va tadbirkorlar ishlab
chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va
taklifning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy
baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning yetishmasligi, tabiiy va
sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog‘liq holatlar bundan
istisno.
Dostları ilə paylaş: