186
Smitning nominal narxlarning shakllanishi haqidagi tahlili,
uning
davridagi iqtisodni ikki davrga ajratdi: qisqa va uzoq muddat hamda
iqtisodning ikki katta sektori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va ishlab
chiqarishga. Qisqa muddat mobaynida yoki
savdo-sotiq davrida Smit
ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida tez sur’atlarda tushayotgan talab
va ko‘tarilayotgan ta’minot ko‘rsatkichlarini topdi va shu sababli savdo-
sotiq narxlari talab va ta’minotga bog‘liqdir. Smitning uzoq muddatda
uchraydigan murakkabroq “tannarx” ustidagi tahlili o‘z ichiga ba’zi bir
qarama-qarshiliklarni oladi. Qishloq sektori uchun tannarx ehtiyoj va
ta’minotga bog‘liq, buning sababi uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi
o‘smoqda va bu esa o‘z navbatida narxlarning ko‘tarilishini ko‘rsatadi.
Ammo ishlab chiqarish sektori uchun uzoq muddatli ta’minot
ko‘rsatkichi vaqti-vaqti bilan mutlaqo elastikligi (gorizontalligi), ya’ni
o‘zining o‘zgarmas narxlarning ifoda qilishi deb taxmin qilinsa,
tahlilning boshqa qismlarida esa u pastga yo‘nalgan ko‘rsatkich ya’ni
narxlarning pasayishi deb ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarishda uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi
butunlay
elastik bo‘lganda, narx mahsulot bahosiga bog‘liq, ammo u pastga
yo‘nalganda esa tannarx ehtiyoj va ta’minotga bog‘liq bo‘ladi
128
.
Smit fikriga ko‘ra, ayirboshlashdagi qiymat boshqa tovarlarni sotib
olish uchun mahsulotning qudratidir. Bu bozor nuqtayi nazaridan xolis
bahodir. Uning foydalanish bo‘yicha tushunchasi noaniqdir; uning
nominal narxlarni tushuntirishdagi qiyinchiliklarni yengillatishda yaxshi
natija berdi. Boshqa tomondan olib qarasak,
uning sxolastikaga borib
taqaladigan qo‘shimcha etik ma’nosi ham mavjud. Smitning qat’iy
tartiblari uning foydalanishda olmoslarning deyarli ahamiyatsizligi
haqidagi bayonotida asosan e’tiborga molikdir. Boshqa tomondan,
amaliy ahamiyat bu tovarning
talabni qondirilish kuchi, mahsulotni
yig‘ish yoki iste’mol qilish orqali qabul qilingan yutuqdir. Tovar
iste’mol qilinganda bir necha turdagi yutuqlarga erishish mumkin: to‘liq,
o‘rtacha va past foyda. Smitning diqqat markazida u yozib ketgandan
keyin yuz yilgacha iqtisodchilar
tomonidan sababi tushunilmagan,
o‘rtacha foyda va qiymat o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘lgan to‘liq
foyda edi va bu talabning narxni aniqlashda qanchalik rol o‘ynashi
haqidagi uning tushunchalarini yashirdi. Shu
128
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander ., p. 28.
187
aniqki, suvning to‘liq foydasi olmosning to‘liq foydasidan kattaroq; bu
Smit ta’kidlaganidek, suvning amaliy ahamiyati olmosnikiga qaraganda
balandroq bo‘lishiga ishora qiladi. Shunga qaramay, suvning boshqa bir
tarkibiy qismi olmosnikidan pastroq foydali bo‘lishining
ancha
ehtimolligi bor, chunki tovarning oxirgi foydasi uning ko‘p iste’mol
qilinishi sababli ko‘pincha kamayadi. Tovar uchun biz to‘lashni
xohlaydigan narx uning to‘liq afzalliklariga emas balki oxirgi afzalligiga
bog‘liqdir. Chunki Smit buni eslamaydi (boshqa iqtisodchilar ham 1870-
yilgacha eslamaydi). U na olmos-suv paradoksiga qoniqarli yechim topa
oladi, na amaliy ahamiyat va ayirboshlash ahamiyat o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘ra oladi. Suvdan ko‘ra foydaliroq narsa yo‘q, lekin uning
sotish qiymati juda past; olmos-hech qanday foydalanish qiymatiga ega
emas, biroq tovarlar almashinuvida juda yuqori qiymatga ega. Mana
shundan so‘ng iqtisodiyotda olmos-suv paradoksi kelib chiqqan
129
.
Dostları ilə paylaş: