Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Foyda nazariyasi. 
A.Smit bo‘yicha, tovar qiymatining bir qismi 
ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan 
qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko‘rinishida uning 
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi 
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga 
to‘lanadigan haq deb hisobladi. Foyda miqdori, A.Smit bo‘yicha, 
“kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko‘p yoki kam bo‘lishi 
ushbu kapital miqdoriga bog‘liq bo‘ladi”. Foyda me’yorining pasayish 
moyilligi qayd qilib o‘tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan 
bog‘lab 
tushuntiriladi, 
negaki 
ancha 
rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori 
hamisha past bo‘ladi. 
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin deb taxmin qiladi: 
1.
Mehnat 
bozorlaridagi 
raqobat. 
Buning natijasida maoshlar ko‘tariladi. 
2.
Mahsulot bozori o‘rtasidagi raqobat. 
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat ortadi
mahsulot narxlari tushadi, foyda ham 
kamayadi. 
3.
Investitsiya 
bozorlarida 
raqobat, 
investitsiya imkoniyatlari soni cheklangan, kapital miqdori oshganda 
foyda kamayadi. 
U ba’zi hudud (masalan, Shimoliy Amerikada) maosh va foyda har 
ikkisi yuqori darajadi oshganini ham e’tirof etib o‘tadi. 
Renta nazariyasi. 
A.Smit nazariyasiga ko‘ra, renta ishchining haq 
to‘lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir 
qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik 
monopoliyasi unsurlarini ko‘rgan, lekin absolut va differensial renta 


189 
tushunchalari ajratib ko‘rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham 
unumdorligi, ham joylashishi bo‘yicha farq qilishi, bu farqlarning 
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab 
bo‘lishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. Smit rentaning eng kamida 
4 ta nazariyasini taklif etadi, Rentaning kelib chiqishi: 
1)
yer egalari tomonidan talab; 
2)
monopoliya; 
3)
turli xil afzalliklari; 
4)
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi deb hisoblagan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin