Qiymat va bahoning shakllanishi 126 . A.Smit «sarfli» qiymat
nazariyasiga asos soldi. U tovarning foydaliligi (iste’mol qiymati) bilan
almashuv qiymatini bir-biriga qarshi qo‘ydi va almashuv qiymatining
shakllanishini tahlil qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik, bu
nazariyadan ikki qarama-qarshi yo‘nalish hisoblangan – iqtisodiy
liberalizm va sotsializm vakillari o‘zlarining tamoyillarini asoslash
uchun foydalandilar.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy
o‘zgarishlarning natijasi ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Lekin boylikning
«haqiqiy» qimmati doimo o‘zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun
A.Smit o‘z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning
qiymatini topish vazifasini qo‘ydi. Bunda u bir vaqtning o‘zida ikki har
xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga
sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‘p mehnat sarflansa, tovar
shuncha qimmat bo‘ladi (bu konsepsiya D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy
ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiya ana shunday
paydo bo‘ladi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab
chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq,
tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi,
ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan
126
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2017. 117–119-б
183
aniqlanadi. A.Smit o‘z qarashlarida
bu
ikkala konsepsiyadan
foydalandi (5-rasm).
Ishlab chiqarish
Taqsimot
F
o
y
d
a
I
s
h
h
a
q
i
R
e
n
t
a
Ishlab chiqarish