Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

“Ko‘rinmas qo‘l”
125

Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib 
boshqarilmaydi. Shunday bo‘lsada, u muayyan tartib va qoidaga amal 
qiladi. Xo‘jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o‘z maqsadini 
ko‘zlagan holda ish yuritadi. Biroq bunday sharoitda alohida 
kishilarning manfaatlari qanday uyg‘unlashadi, barcha jamiyat 
manfaatlari qanday yuzaga chiqadi? Birinchi bo‘lib bu muammoni ilmiy 
darajaga ko‘targan olim A.Smit bo‘ldi. U shunday yozadi: «Har bir kishi 
o‘z kapitalini ko‘proq qiymat keltiradigan qilib ishlatishga harakat 
qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutmaydi 
va unga ancha ta’sir ko‘rsatayotganini sezmaydi. U faqat o‘z manfaatini 
nazarda tutadi, faqat o‘z foydasini ko‘zlaydi. Shunday bo‘lsada, bunday 
maqsad uning rejasiga kirmagan bo‘lsa ham, ushbu sharoitda 
ko‘rinmas 
qo‘l 
uni maqsad sari yo‘naltiradi. O‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda, 
jamiyat manfaatlariga ataylab unga xizmat qilgandan ko‘ra tez-tez 
xizmat qilib turadi». 
Gap shundaki, o‘z manfaati yo‘lida xizmat qilayotgan har bir odam 
pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko‘payishiga, jamiyat 
boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab 
chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi o‘zini 
o‘ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi. 
125
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017. 
116-б. 


182 
A.Smit aytib o‘tgan «ko‘rinmas qo‘l» bozor mexanizmidir. U 
odamlarni o‘z istak va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda maqsad sari 
yo‘naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik
nonga bo‘lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning 
daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib o‘tib 
turadi, ayni chog‘da, u non yopish sanoatiga oqib o‘ta boshlaydi. 
Natijada, non ishlab chiqarish ko‘payadi va narx yana pasaya boshlaydi. 
Bu yerda A.Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo‘jalik mexanizmining 
ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘rsatib bergan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 
turli mehnat egalari o‘rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda 
shaxsiy manfaat, o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish bir vaqtning o‘zida 
jamiyatga foyda keltiradi, umumiy boylikka erishishni ta’minlaydi. 
Demak, bozor iqtisodiyotida “ko‘rinmas qo‘l” amal qiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin