4. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari. . Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar haqida gapirar ekanmiz, yuz bergan institutsional o'zgarishlar haqida ham qisqacha to'xtash o'rinlidir. Erkin iqtisodiy faoliyat tamoyillarini joriy etish bo’lib asosiy vazifalar esa quyidagilar:
Xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish;
Kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;
Milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini ta’minlash;
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun sharoitlar yaratish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi. O’zbekistonda iqtisodni yuksaltirish barobarida, aholini bu jarayonga moslashuvi va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlari hamisha diqqat e’tiborda. Ijtimoiy himoya siyosati ham bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Ijtimoiy muammolarni adolatli hal etish, ishonchli amalga oshirish o’z navbatida jamiyatni to’la qonli demokratlashtirishda poydevor bo’ladi, albatta. Endi, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy faoliyat uchun teng sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma- bosqich mahalliy organlarga topshirish erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish haqida kqabul qilish zarur. Natijada bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iktisodiy o’sishni ta’minlash, iktisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi.
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bilan band bo'lgan jismoniy shaxslarni ham hisobga olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam ko'rsatish vazifasini o'z zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joy-larda uning hududiy bo'limlari ham faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekistonda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning noyob, o'ziga xos tizimi ish olib bormoqda. Unga davlatning o'zi rahnamo-lik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan deyarli barcha mablag'lardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl-lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda.
Mamlakat tovar-xomashyo birjasi o'z faoliyatini ancha kengaytirdi, undagi bitimlar hajmi 1995-yilda 7,7 mlrd. so'mga yetdi. 1995-yilda 8481 obyektni 859,8 mln. so'mga sotgan Respublika ko'chmas mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi.
To'plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Qishloq xo'jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo'lgan xo'jalik tuzilmasi - «O`zqish-loqxo'jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash» «O`zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi.
Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O'zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar o'ziga xos tarzda amalga oshirilar ekan, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga katta e'tibor berildi. Bu o'rinda Prezident I. Karimov jahon amaliyotini chuqur o'rgandi, tadbirkorning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o'ringa egaligi, aniqrog'i u «zamonasining yangi qahramoni» ekanligini chuqur his qildi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishda O'zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llarini qidirib topa boshladi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat Dasturidan tashqari O'zbekistonda xalq xo'jaligining barcha tarmoq-larida, shu jumladan, qishloq xo'jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi.
1994-yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chi-qildi va amalga oshirila boshlandi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xususiylashtirish jarayoniga katta e'tibor berilganini birgina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko'rish mumkin.
Bugun to'la ishonch bilan aytish mumkinki, tadbirkorlarga, av-valo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab katta bo'lgan moddiy resurslardan foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi.
Shunday qilib, mamlakatimizning 2008-yildagi iqtisodiy rivoj-lanish natijalari o'tgan davr mobaynida demokratik yangilanish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'lida ulkan qadamlar qo'yilganini ko'rsatadi.