Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti Energo-Mexanika fakulteti



Yüklə 245,9 Kb.
səhifə1/8
tarix02.11.2022
ölçüsü245,9 Kb.
#67211
  1   2   3   4   5   6   7   8

Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-Mexanika fakulteti
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan




MUSTAQIL ISH
Mavzu: Avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi tarixi


Guruh: 21A-22MT
Bajardi: Qahramonov Elzod
Qabul qildi: Sayidova.M
Navoiy-2022


Reja

  1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.

  2. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.

  3. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.

  4. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari.


1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtiso­diy islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O'zbekistonda o'tish davrida xususiylashtirishni vau-chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o'zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat Qo'mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo'mitasi maqomining o'zgarishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g'oyat muhim vazifasini bajarar edi.
O'zbekistonda ko'p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov to­monidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg'or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?

Yüklə 245,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin