Navoiy kon-metallurgiya kombinati



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə17/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Imom Ismoil al-Buxoriy. «Sahih» yo’nalishining asoschisi eng etuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo'minin», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning peshvosi») degan sharafli nomga sazovor bo’lgan.
Islom dini insonni ma'naviy kamolot sari etaklovchi ta'limotdir. Shu sababli Qur'oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qafiy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning «Aljome' as-sahih» asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odobaxloq qoidalari borasida yanada batafsil malumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisni o’z ichiga oladi.
Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati. Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, bu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillilik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Bir qancha hadislar mazmunan insonni saxovatli bolishga undaydi. Saxovatli inson jamiyat taraqqiyotiga ham katta hissa qo’shadi, uning ravnaqi yo’lida mehnat qiladi, atrofdagilarni o’zi ega bolgan ne'matlardan bahramand etadi.
Xulq-odob haqidagi hadislarda ezgu insoniy xislatlar ulug’lanib, gunoh sanalgan
illatlar qoralanadi.
Bundan tashqari, sha'riy udum va urf-odatlarga amal qilish, ularni o’tkazishga oid xulq-odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o’tkazish tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala madaniyati, bemor kishi holini so’rash odobi, kiyinish qoidalari, emoq-ichmoq, so’zlashish odobi va hokazolar haqida turli tavsiyalar beriladiki, ular bevosita keyingi davrlarda yaratilgan odob-axloq qoidalari borasidagi risolalarning mazmunini yoritishda asos bolib xizmat qiladi. Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta'minlanishiga ta'sir etuvchi muammolarga ham jiddiy e'tibor berilgan.
Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o’rin ajratilgan bo’lib, necha asrlardan buyon o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Ana shunday muammolar mohiyatini o’z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin hamda ko’chatlarni o’tqazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi fikrlar mujassamlangan.
Demak, hadislar Muhammad payg’ambarimizning sunnatlari bo’lib, mazmunan har bir mo’minning ishonchi, e'tiqodini mustahkamlaydi, shu bilan insonni ma'naviy kamolotga etaklaydi. «Islom dini ma'rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, jismoniy jihatdan kamolga etkazishga oid e'tiqod va iymondan iborat bo’lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo’lish, pokiza yurish, bir burda luqraani halol qilib eyish, jaholat va jaholatparastlikka yo'1 qo’ymaslik, o’z birodarining, qarindosh-urug’larining, millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir». Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin