Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Sharq uyg’onish davri va talim-tarbiya, maktab



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə18/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Sharq uyg’onish davri va talim-tarbiya, maktab. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta'sir etdi. Ana shu madaniy ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg’onish davri deb ataldi. Bu Uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham mada-niy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.
Xalifa Horun ar-Rashid va uning o’g’li al-Ma'mun davrida Bag’dodda «Bayt ulhikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma'nosida) tashkil topadi.
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar –
Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishi xalifalikning emirilishi hamda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilardi. Rasmiy hujjatlar arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilardi. X asr o’rtalariga kelib, fors tilida ham ish yuritila boshlandi.
Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi.
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy munozaralar o’tkazganlar.
Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasini o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko’tarilish Sharq Renessansi - Uyg’onish davrining boshlanishiga olib keldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma'rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta'limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e'tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boldi.
Sharq Uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta'lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida olmas ta'limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin