Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Abu Ali ibn Sino (980 — 1037)



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə21/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Abu Ali ibn Sino (980 — 1037). Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar singari matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, adabiyot, ta'lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlaiini ijtimoiy-
falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan.
Abu Ali ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni -ma'rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi u: «Ey, birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo'rqog’idir».
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk boimagan
kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta'kidlaydi.
Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, olim ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:

  • bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;

  • ta'limda engildan og’irga borish orqali bilim berish;

  • olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;

  • o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e'tibor berish;

  • bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

  • o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.

Bu talablar hozirgi davr ta'Iim prinsiplariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
Yuqoridagi masalalarga o’zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo’lim bag’ishlaydi. «Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash» bo’limida ta'lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Talabaga bilim berish o’qituvchining ma'suliyat]i burchidir. Shunga ko’ra, Ibn Sino o’qituvchining qanday bolishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'1-yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

  • bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;

  • berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;

  • ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;

  • talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish; - fanga qiziqtira olish;

  • berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;

  • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

  • har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida boiishiga erishishi zarur.

Ibn Sino talimotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin - u og’zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko’rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir, talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bolgan.
Shu jihatdan olimning «Hayy ibn Yaqzon» asari kishilarning did-farosatini o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta'lim-tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora qiladi: «Hayy ibn Yaqzon» (Uyg’oq o’g’li Tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinonining o’zi ham ta'kidlaydi.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «amaliy hikmat» (donishmandlik amaliyoti) deb ataydi.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o’rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko’proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta'lim beradi.
Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o’rganish haqidagi talimotlari, talim-tarbiya haqidagi mulohazalari umuminsoniy pedagogik fkr taraqqiyotida yuksak o’rinni egallaydi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin