Navoiy kon-metallurgiya kombinati


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari (783—850)



Yüklə 452,15 Kb.
səhifə19/50
tarix28.12.2022
ölçüsü452,15 Kb.
#78086
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari (783—850). Muhammad al-Xorazmiy insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyati to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan.
Shuni ta'kidlash joizki, alloma o’zigacha bo’lgan ilmiy bilimlarning asosiy g’oyalari, metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o’rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e'tiborni qaratdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e'tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-1 muqobala» asarida olimlarni uch guruhga bo’lib shunday yozadi: «Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi, takabburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi».
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko’rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan.
Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob'ektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi.
Abu Nasr Forobiy (873 - 950). O’rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi talimoti ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni ulug’ mutafakkir - «Muallimi soniy» -«Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Forobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo’ladi. Bunda u kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlari, qobiliyatlari, iqtidori, bilim ko’nikmalariga e'tibor berish zarur, deydi. U o’zning «Baxt-saodatga erishuv yollari haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, -deb yozadi.
- Bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritadi».
Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo’ladi. Uning fikricha, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhum. Chunki har bir odam ham baxtni va narsahodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga o’qituvchi lozim.
Forobiy ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy talim va tarbiyaga birinchi marta ta'rif bergan olim sanaladi. Ta'lim - insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bolgan axloq normalari va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim.
Ta'lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bolgan ish-harakat, kasbhunarga berilgan bo’lish, o’rganishdir.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatini yuqori qo’yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bolishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi.
Demak, Forobiy talim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Forobiy pedagogik talimotining asosida komil insonni
shakllantirish, insonni o’z mohiyati bilan ijtimoiy, ya'ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi turadi.

Yüklə 452,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin