Navro‘z birdamlik bayrami!



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə54/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

III. 3-topshiriq : “Navroz –bahor bayrami” matinini uch qismga bo’lib har bir guruhga bittadan qisimni ma’lum vaqt ichida o’qishga topshirish, har bir guruh o’quvchilardan o’qigan qismlarini gapirib berishi so’raladi.
Har bir guruhga Navro‘z taomlari haqidagi topishmoq yozilgan kartochka berib, guruhdagi o‘quvchilar maslahatlahsib olishlari uchun vaqt berish va javoblarni eshitish.

1-Guruhga:


Ko‘m – ko‘k maysa o‘sibi,


Doshqozonga tushubdi,
Qani ayt-chi bolajon
Qanday taom pishibdi? (Sumalak)

2-Guruhga:


Erta bahor chopqillagan
Vitaminlar bog‘idan ,
Xo‘p shirin taom pishibti,
Tandirdan lo‘p-lo‘p tushdi.(Ko‘k somsa)
IV. Guruh o‘quvchilaridan Navro‘zga oid she’rlar so‘ash va ularni ishtirokiga qarab baholab, rag‘batlantirish.


V. Darsni yakunlash.


Navro’zing muborak O’zbekistonim
Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra
Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona
Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga
Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga
Avval yuragingga mo’ralaydi u
So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z
Serquyosh yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo, bu xalqimizning tarixan uzoq yillik milliy turmush va tafakkur mahsuli bo’lgan an’ana va urf – odatlari, ma’naviy qadriyatlari tiklanganligida namoyon bo’lmoqda. Haqiqiy o’zbekona urf – odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani, qadriyatlarimizning o’z mavqeini topayotgani ham shuning boisidir. O’zbek o’zligiga ishona boshladi.
Quloq tutib maysa ohiga
Malham qo’ygan ko’ngil dog’iga
Hijron yoqqan o’rik shoxiga,
Oq ro’molin otgan kelinchak
Salom Navro’z!
Assalom Navro’z!
Ma’naviy boyligimiz bo’lgan Navro’z va hayitlarning tiklanganligi juda savobli ish bo’ldi. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiqko’ngillilik, odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdardlik va o’zaro yordam tuyg’usi xalqimizga xosdir
Ana shu yasharish, go’zallik, nafosat bayrami Navro’zi olam bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog’lik, ishlaringizda omad, zafarlar tilaymiz
Bu tong egnida atlasdan ko’ylak
Shafaqqa o’ralgan qizlarday gulgun
Ilk bora ko’z ochib chiqqan boychechak
Sanamlar qo’lida intizor bu kun

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin