2-suxandon: Bugungi davramizda Cho‘pon bobo ham mehmon bo‘lib turibdilar, endi u kishidan tilaklarini eshitamiz.
Cho‘pon bobo: Yangi yilimiz barakali yil bo‘lsin-u qo‘zilarimiz faqat egiz qo‘zilasin.
1-suxandon: Rahmat, bobojon, yaxshi tilaklaringiz uchun. Azizlar, Navro‘zning o‘z an’analari, urf-odatlari bor. Navro‘z urf-odatlariga rioya qilgan kishi kam bo‘lmaydi. Qani, kim qanday Navro‘z urf-odatlarini biladi?
Madina: Navro‘zga tayyorgarlik ko‘radilar. Hovli, uylarni tozalaydilar.
Suhrob: Navro‘zga qadar daraxt tanalarini oqlaydilar.
Ulug‘bek: Navro‘zga qadar bog‘lardagi xazonlarini yig‘ib, yoqadilar.
Maftuna: Navro‘zda bug‘doy undirib, sumalak pishiradilar.
Mardona: Navro‘zda yangi kiyim-bosh kiyishadilar.
Bunyod: Navro‘zda qiz-javonlarga yangi kiyim-kechak olib berib, ularni xursand qiladilar.
Maftuna: Navro‘zda ot choptirishga tadorik ko‘rishadi.
Suhrob: Navro‘zda g‘amgin o‘tirmaydilar.
Nodira: Navro‘zda Navro‘z taomlari pishirishadi.
Nazira: Navro‘z kuni hovlilarda chalg‘i yasaydilar.
Bunyod: Navro‘zda qiz tanlagani chiqadilar.
Hulkar: Navro‘zda araz-ginalarni unutadilar.
Zubayda: Navro‘zda qarindoshlarnikiga mehmonga boradilar.
Ulug‘bek: Navro‘zda so‘kinmaydilar.
Nodira: Navro‘zda nishonali qizga Navro‘z haydasini eltadilar.
Zarnigor: Navro‘z oqshomi qarg‘anmaydilar.
Suhrob: Navro‘z kuni ota-ona qabrini ziyorat qiladilar.
Bunyod: Navro‘z kuni otni, itni urmaydilar.
Hulkar: Navro‘zda g‘iybat qilmaydilar.
Ulug‘bek: Navro‘z kuni ilonni o‘ldirmaydilar.