Nasiba: Buvijon, boychechakni topdim-u, siz tomonga yugurdim.
Buvi: “Rahmat qizalog‘im. Mana, bahor boshlanibdi. Omonlik-somonlik, yanagi yilga ham yetaylik”, - deb duo qilibdi.
Bolajonim, endi sen ham o‘rtoqlaring bilan o‘tirib, bayramni tomosha qilinglar.
1-suxandon: Bugungi bayramingizga Bahoroy, Navro‘zjon, Dehqonbobo va Cho‘ponbobolar ham mehmon bo‘lib kelishgan.
(Shu payt mayin kuy ohanglari ostida sahnaga Bahoroy va Navro‘zjon kirib kelishadi)
Bahoroy: Mana, men go‘zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlarga,
G‘unchalar ildizlarga.
Oppoq o‘rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib, dam olovlanib,
Kamalakdek ming xil tovlanib,
Mehmon bo‘lib keldimsizlarga.
Navro‘zjon: Assalomu alaykum, beg‘ubor qalblari o‘yin-kulgiga, qo‘shig‘-u raqsga, san’atga ixlosmand, qadrli yoshlar! Mana, o‘lkamizda so‘lim bahor. Hamma yerda go‘zallik, yangilanish, yasharish. Yurtimizning har bir go‘shasida, mahallalarda bayram shodyonalari.
Menimcha, bugundan boshlab, dehqonchilik ishlari ham boshlansa kerak-a?
2-suxandon: Ha, albatta. Bugun davramizga Dehqonbobo ham mehmon bo‘lib kelganlar. Bugun dehqonbobo dalaga chiqib, ilk marta yerga ketmon urmoqchi. Marhamat, Dehqonbobo, dala ishlarini boshlab bersangiz.
Dehqonbobo: Bismillohir rohmanir rohim!
Eshi yil ketdi,
Yangi yil keldi.
Doshqozonlar tizilsin,
Sumalaklar suzilsin!
Bug‘doy pishib chosh bo‘lsin!
Rizq-u, ro‘zimiz tog‘ bo‘lsin!
Omin, Ollohu akbar!
(Dehqonbobo dalaga ketmon urib, urug‘ sochadi).
Nodira: Dehqon dala aylandi,
Ho‘kiz shoxi moylandi.
Omoch, mola, cho‘nqa tish.
Dehqonbobo shaylandi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Mardona: Arpa-bug‘doy sepilsin,
Maysa unib yetilsin,
Dehqon ishi o‘ng kelsin,
Omborlarga don to‘lsin.
Yangi yil qutli bo‘lsin,
Qozonlar sutli bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala
Farida: Bugun bayram – yilboshi,
Yilboshiga el oshi.
Har ro‘zg‘orning himmati.
Palovmi yo sut oshi,
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Suhrob: Qattiq oshi, sut oshi,
Qo’noq bo‘tqa, so‘k oshi.
Shovla pishgan ilikday
Kichirining zo‘r moshi
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Bunyod: Ochligimiz yo‘q bo‘lsin,
Momo, qorin to‘q bo‘lsin,
Rizqimiz butun bo‘lsin,
Umrimiz uzun bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Ulug‘bek: Tog‘da bulbul sayraydi,
Tol bag‘rini chaynaydi.
Shu ukamdan so‘rsangiz,
Qo‘zichoqday sakraydi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Ulug‘bek: Omad bizga jo‘r bo‘lsin,
Noz-u ne’mat ko‘p bo‘lsin.
Baxtimizga tinch zamon,
Davr-u davron zo‘r bo‘lsin-
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Bunyod: Gul lolalar ochilsin,
El-u yurtga sochilsin.
Doim tinch zamon bo‘lsin,
El-u yurt omon bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.