Zubayda:
Navro‘z kuni barra yalpiz teradilar.
Farida:
Navro‘z kuni qizil rangli kiyimlarni kiyishadi.
Asaloy :
Navro‘z kuni bemorlarga bayram taomlari jo‘natiladi.
1-suxandon:
Rahmat, bolalar, mana, javoblaringizdan bildikki, sizlar Navro‘z urf-odatlarini yaxshi o‘rganib olibsizlar. Ularga amal qilsangiz, nur ustiga bur bo‘lardi.
2-suxandon:
Endi sizlarning e’tiborlaringizga o‘zbek milliy raqsi “Lazgi”ni qizlarmiz ijrosida havola etamiz.
1-suxandon:
Xalqimiz orasida Navro‘z haqida juda ko‘p afsonalar yaratilgan. Ular haqida nimalar deya olasizlar?
Maftuna:
Men hozir sizlarga “Jamshid mo‘jiza yaratgan kun” afsonasini aytib beraman.
Jamshid podshoh bo‘lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu ish qilingan kunni Navro‘z ya’ni yangi kun deb ataydi. Bu kun garchi Jamshiddan oldin ham hurmat qilingan bo‘lsa-da, hayitga aylantirilmagan edi.
Navro‘zni hayit qilish to‘g‘risida bunday ham deyilgan. Jamshid o‘ziga arava yasattirib olgach, o‘sha kuni aravaga chiqdi. Jinlar va shaytonlar uni havoga ko‘tarib, bir kunda Dunbovanddan Bobilga olib bordilar. Odamlar bu ajoyib voqeani ko‘rgach,o‘sha kunni hayit qildilar va Jamshidning aravada uchishiga taqlid qilib, arg‘umchoqlarda uchdilar.
(Qizlar arg‘umchoqda uchib, “Halinchak” ashulasini aytishadi).
Hulkar:
Men “Sulaymonning uzugi” afsonasini so‘zlab beraman.
Sulaymon ibn Dovud o‘zining sehrli uzugini yo‘qotib qo‘yibdi. Taxti poyi qo‘lidan ketgan podsho ko‘p xafa bo‘lib, aziyat chekibdi. Ammo oradan 40 kun o‘tgach, uning uzugi topilib, avvalgi ravnaqi yana o‘ziga qaytib kelibdi. O‘sha kuni olamdagi barcha xonlar, jonivorlar-u qushlar, devlar-u ajdarholar Sulaymonning yoniga bosh egib kelibdilar. Buni ko‘rgan eronliklar: “Navro‘z omaded, ya’ni yangi kun keldi”,- deyishibdi. Shu-shu o‘sha kun Navro‘z deb ataladigan bo‘libdi.
Sehrli uzugi topilgach, Sulaymon shamolga buyuribdi. Shamol uni taxti bilan ko‘tarib, uchurib ketayotgan ekan, bir qaldirg‘ochning uyasiga duch kelib qolibdi.
Shunda qaldirg‘och: “Ey podshoh, uyimda bir necha tuxumim bor edi. Ularga ozor berma”,- debdi.
Shunda Sulaymon qaldirg‘ochning uyasini chetlab o‘tib, bir xushmanzara joyga borib qolibdi. Shu payt haligi qaldirg‘och og‘zida suv olib kelibdi va Sulaymonga chigirtkaning oyog‘ini hadya qilibdi.
Navro‘z kuni suv sepib, sovg‘alar berish udumi ana shundan qolgan ekan.
(O‘quvchilar “Olov kashf etilgan kun”, “Jamshidning taxti” kabi Navro‘z bayrami bilan bog‘liq afsonalarni ham so‘zlab berishadi).
1-suxandon:
Endi yigitlarimiz ijrosida o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf so‘zi bilan aytiladigan “Navro‘z” ashulasini tinglaymiz. Marhamat, tinglang.
Navro‘zda Navro‘zni ko‘ming deyishdi,
Ko‘ming va sukutga cho‘ming, deyishdi.
Eskilik sarqiti asli bu sayil,
Ey bandayi mo‘min deyishdi.
Mo‘minlarning boshi egildi yerga,
G‘alat qirg‘inbarot boshlandi, do‘stim.
Go‘daklar jang qildi, oqsoqollar jim,
Shaxsan men bir yilda o‘n yilga o‘sdim.
Birov demadiki, ey gulira’no,
Navro‘zlarsiz axir senda ne ma’no?
Xushomad yog‘ildi iblis iziga
Shaytonga o‘qildi ming hamdu sano.
Xo‘sh, keyin ne bo‘ldi, dersiz keyin-chi?
Mo‘tabar sahnadan tushdi “o‘yinchi”,
Qayga g‘oyib bo‘ldi, xudo biladi,
O‘sha xudosizni izlab ko‘ringchi.
Joningdan aylanay, Navro‘z, kel endi,
Qirq yil qirg‘indan ham omon qolganim.
Men seni hech kimga bermayman endi,
Yalmo‘giz qo‘ynidan tortib olganim.
Dostları ilə paylaş: |