Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash


Ta'lim maqsadlariga erishilganligini baholash



Yüklə 185 Kb.
səhifə4/9
tarix08.06.2022
ölçüsü185 Kb.
#61024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Azamov Asrorbek

1.3 Ta'lim maqsadlariga erishilganligini baholash.
Baholash- joriy , oraliq va yakuniy nazoratlarni o‟z ichiga oladi. Joriy nazorat talabani o‟zlashtira borayotganligidan mutassil xabardor qilib boradi, odatda joriy nazoratda bolaning bilimiga baho qo‟yilmaydi, intilishlari ma‟qullanib boriladi,shu tariqa u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi.Pedagogik texnalogiyada xabardor bo‟lib borish ta‟limda yo‟l qo‟yilgan xatoni tuzatish uchungina emas, ta‟lim maqsadlarini aniqlashga xam xizmat qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan ta‟lim maqsadiga erishilganlik baholanadi.

Nazorat o‟g‟zaki, yozma va test shaklida bo‟lishi mumkin.


Og‟zaki va yozma nazorat. O‟g‟zaki nazoratni yaxshi jihatlariga: o‟qituvchining talaba bilan jonli muloqoti, shaxsan muloqotda bo‟lishi:og‟zaki nutqning mashq qilinishi:bilimni chuqurroq aniqlash uchun qo‟shimcha savollar berish imkoniyati kabilar kiradi.og‟zaki javob berish faol fikrlashga undaydi.
Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o’quvchi o’z bilimdonligini, qo‟shimcha o‟rganganlarini namoyish etadi. Talaba bilan bevosita aloqa natijasida so‟rash paytida bolaning bilim o‟zlashtirishi masalasida o‟qituvchida tug‟ulgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.
Shu bilan birga talabaning bilimini og‟zaki nazorat qilishda pedagogning shaxsiy xususiyat sifatlari aks etadi. Og‟zaki baholashda xar bir o‟qituvchiga xos obyektivlik va subyektivlik munosabati namoyon bo‟ladi. Pedagogik tadqiqotlarda aniqlanishicha ikki imtixon oluvchining bir talabaga bir fandan qo‟ygan baholari 40-60 foizga mos keladi. Bir bolaga imtixonchilarning bittasi yuqori baho qo‟ygan bo‟lsa,ikkinchisi past baho qo‟yish hollari uchraydi. Bitta yozma ishning o‟ziga turli imtihonchilar turlicha baho qo‟yishlari mumkin.
Xullas, og‟zaki va yozma imtixonlarga o‟quvchiga qo‟yiladigan baholarda subyektivlik alomati ko‟proq. O‟qituvchi ko‟pincha bahoni boshqa o‟quvchilarga nisbatan qo‟yadi, bunda qo‟yilayotgan baho kamaytirilishi xam, oshirib yuborilishi xam mumkin.
Yozma imtixonni yaxshi tomoni – u o‟quv materialini bola o‟zlashtirib olganiga xujjatli dalil bo‟ladi, talaba o‟z fikrlarini qog‟ozda ifodalashi uchun amaliyotda ekspertlar o‟tkazgan yozma nazorat obyektivroq baho qo‟yilishga imkoniyat yaratadi.
Og‟zaki va yozma nazoratning an‟anaviy tizimiga xos jiddiy nuqsonlar qatoriga quyidagilar kiradi.



  1. Imtixonda talaba biletdagi 3-4 ta savollarga javob beradi, baho esa o‟quv predmeti dasturini bilgani uchun qo‟yiladi.

  2. Besh balli baho shkalasi bilan bilim o‟zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkoniyat bermaydi.

  3. Og‟zaki va yozma imtihonlar bilim o‟zlashtirish sifatini obyektiv , aniqlik va asosli baholashni taminlay olmaydi.

  4. Og‟zaki so‟rashga , shuningdek yozma ishlarni tekshirishga ko‟p vaqt ketadi.

  5. Og‟zaki va yozma nazorat uchun kompyuterlarni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirish qiyin . Bu jihatda test nazorati ustunlikga ega.




Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin