Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash


Akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'quvchilar bilimini baholash yo'llari



Yüklə 185 Kb.
səhifə7/9
tarix08.06.2022
ölçüsü185 Kb.
#61024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Azamov Asrorbek

2.2 Akademik litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'quvchilar bilimini baholash yo'llari.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining maqsadi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, belgilangan talablarga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, kasb mahoratiga ega bo‘lgan, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; - milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; - o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 60 - ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga va uning pirovard natijalariga, o‘quvchilarning bilimi va kasbiy malaka darajasini baholash tartibiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablarning huquqiy asoslarini takomillashtirish; - davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining asosiy printsiplari Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi: - o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarining ustuvorligi; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; - mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan, texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi hamda jamiyat talablarining zamonaviy holati hisobga olinganligi; - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi mujassamligi; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining xalqaro ta’lim standartlariga hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanganligi; - o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar; 61 - akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi; - kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi; - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning tayanch o‘quv rejasi fanlar bo‘limlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning kurslar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Tayanch o‘quv reja ta’lim mazmunidan kelib chiqib, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi hamda ularning o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Tayanch o‘quv rejasining birinchi va ikkinchi bosqichida har bir o‘quv yili 40 haftadan iborat bo‘lib, bir semestr 20 haftani o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich o‘quv yili 38 haftani tashkil etib, birinchi semestri 20 haftani, ikkinchi semestri 18 haftani o‘z ichiga oladi. Tayanch o‘quv rejalarida umumiy 4470 soatdan 100 soati ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv fanlarini o‘qitishga ajratiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumiy haftalik yuklamalari 54 soatni, shundan 37-38 soati auditoriya yuklamasi va 17-16 soat mustaqil ishni tashkil etadi. Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagogik kengashlariga ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar hajmi doirasida ayrim bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi: - o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun); - rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun); - chet tili; - informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari; - chuqurlashtirilib o‘rganiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari; - jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 15 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda) mashg‘ulotlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda kichik guruhlarda o‘rganiladigan til ko‘pchilik o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan belgilanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan va tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tibbiyot, ta’lim (musiqa xodimi), madaniyat, sport, tasviriy, amaliy, dizayn va boshqa san’at yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi. Madaniyat, san’at va ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha yakka tartibdagi o‘quv mashg‘ulotlari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda tegishli xarajatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi. Boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish taqiqlanadi.6
Fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 71 - Vazirlik topshirig‘iga muvofiq tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan fan dasturining loyihasi tayyorlanadi; - tayyorlangan fan dasturining loyihasiga fanning etuk mutaxassislari, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari, tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarining taqrizlari olinadi; - tayanch oliy ta’lim muassasasining Kengashida fan dasturining loyihasi atroflicha muhokama qilinadi va tasdiqlashga tavsiya etilishi to‘g‘risida Kengash bayoni rasmiylashtiriladi; - fan dasturining loyihasi ekspertizadan o‘tkazish uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi rektorining xati bilan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga kiritiladi. Kiritilayotgan xujjatlarga taqrizlar, tayanch oliy ta’lim muassasasi Kengashining bayoni ilova qilinadi; - Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan fan dasturlarining loyihalarini ta’lim sohalari va yo‘nalishlariga muvofiq jamlab O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarga taqdim etadi; - O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar fan dasturlarining loyihalarini davlat ta’lim standartlariga, malaka talablariga, o‘quv rejalarga, mazkur Tartib talablariga mosligi hamda talabalarga mukammal zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga xizmat qilishi yuzasidan belgilangan tartibda batafsil ekspertizadan o‘tkazadi va har biri bo‘yicha asoslangan hulosa beradi; - O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarning fan dasturlari loyihalari yuzasidan bergan hulosalari Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisida muhokama qilinadi. Muhokama natijasida ijobiy deb topilgan fan dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanishiga tavsiya beriladi, salbiy baholangan fan dasturlari esa qayta ishlashga tayanch oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi; - Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash 72 majlisi qaroriga muvofiq fan dasturlarining loyihalari Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi; - tasdiqlangan fan dasturlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, ularning bir nusxasi Vazirlikda (etalon sifatida), bir nusxasi Oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limini rivojlantirish markazida, bir nusxasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida saqlanadi. Tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan fan dasturlarining elektron versiyalari yoki ko‘chirma nusxalari taalluqligi bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalariga etkaziladi. O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar tomonidan fan dasturlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va muhokama etish tartibi Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibini belgilaydi.


1. Akademik litseylarning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylar bitiruvchilariga beriladigan ayrim mutaxassisliklar ro‘yxatida nazarda tutilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar (bundan buyon matnda mutaxassislik deb yuritiladi) beriladi.
2. Akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan mutaxassislik akademik litseyning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv-metodik, moddiy-texnika bazasidan kelib chiqqan holda belgilanadi va akademik litsey pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Akademik litsey tomonidan beriladigan mutaxassislik akademik litseyning barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyda (joylarda) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yilishi, rasmiy veb-saytida (agar rasmiy veb-sayti mavjud bo‘lsa) e’lon qilinishi shart.
4. Akademik litseylarda mutaxassislik o‘quv rejalarda nazarda tutilgan maxsus fan (bundan buyon matnda mutaxassislik fani deb yuritiladi) sifatida o‘qitiladi.
5. Akademik litseylar o‘quvchilarining mutaxassislik fani bo‘yicha bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 1812, 2008-yil 19-may) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. O‘quvchilarning mutaxassislik fani bo‘yicha egallagan bilimi va o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini belgilash uchun o‘qitilgan mutaxassislik fani bo‘yicha amaliy imtihon o‘tkaziladi.
7. Mutaxassislik fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturining barcha talablarini to‘liq bajargan akademik litsey o‘quvchisi akademik litsey direktorining buyrug‘iga asosan amaliy imtihonni topshirishga qo‘yiladi.
8. Amaliy imtihon yakuniy davlat attestatsiyasidan oldin o‘tkaziladi.
9. Amaliy imtihon o‘tkazish jadvali u o‘tkaziladigan kunlar ko‘rsatilgan holda, akademik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi va amaliy imtihon boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin akademik litseyning barcha o‘quvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joydagi (joylardagi) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi.
10. Amaliy imtihon amaliy topshiriq shaklida o‘tkaziladi. Bunda imtihon biletida 1 ta amaliy topshiriq beriladi.
11. Amaliy topshiriqlar o‘qitilgan mutaxassislik fani o‘quv dasturi asosida tuziladi va akademik litseyning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda amaliy imtihon boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin akademik litseyning barcha o‘quvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joydagi (joylardagi) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi.
12. Amaliy imtihonni o‘tkazish uchun akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda Amaliy imtihon o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi:
komissiya raisi — akademik litsey direktori (u bo‘lmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
komissiya kotibi — akademik litsey direktorining o‘rinbosari;
komissiya a’zolari — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi vakili, shuningdek akademik litsey hamda kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining maxsus fan bo‘yicha o‘qituvchilari.
13. Amaliy imtihon akademik litseyning har bir guruhi uchun alohida kunda o‘tkaziladi.
14. Har bir o‘quvchiga amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
15. Akademik litsey o‘quvchilari amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil hamda amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball;
o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball;
o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajardi, biroq tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda maxsus fan o‘qituvchisining og‘zaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball;
o‘quvchi tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda maxsus fan o‘qituvchisining og‘zaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajara olmadi deb topilganda — “2” ball.
16. O‘quvchi tomonidan amaliy topshiriq bajarilgandan so‘ng, Komissiyaning har bir a’zosi o‘quvchiga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, o‘quvchiga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
17. Amaliy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarga e’lon qilinadi.
18. O‘rtacha arifmetik ball “3” balldan kam bo‘lgan o‘quvchi amaliy imtihondan o‘tmagan deb hisoblanadi.
19. Amaliy imtihondan o‘tmagan, shuningdek amaliy imtihonga uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan o‘quvchilarga Komissiya qaroriga asosan amaliy imtihonni keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar (biroq, akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom berilgunga qadar) bo‘lgan vaqt ichida qayta topshirishi (topshirishi) mumkin.
Amaliy imtihonni qayta topshirishi lozim bo‘lgan va uzrli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan o‘quvchilar ro‘yxati, imtihonni qayta topshirish (topshirish) kuni va vaqti Komissiya qarorida ko‘rsatiladi.
20. Akademik litsey o‘quvchisi amaliy imtihon natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, amaliy imtihon natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
21. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litseyning pedagog xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.
22. Akademik litsey o‘quvchisi tomonidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
23. Amaliy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan (o‘rtacha arifmetik ball “3” va undan yuqori bo‘lgan) o‘quvchilarga o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
24. Mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat akademik litsey o‘quvchisiga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan birgalikda beriladi.
25. Mutaxassislik bo‘yicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat ikkinchi o‘rta-maxsus ta’lim olganlik hisoblanmaydi.
26. Mutaxassislik bo‘yicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.7

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin